O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

SOXTA SALAFIYLAR

 
 

“Salafiylik” iborasi arab tilidagi “salaf” so‘zidan olingangan bo‘lib, “ajdodlar”, “avval yashab o‘gganlar” manolarini anglatadi. XaDislaRga kura, Paygambar Muhammad (alayhis-salom) zamonlari va undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar tushuniladi. Islom mujtahid ulamolari ilk musulmonlarni “salafi solih”, ya'ni “solix, ajdodlar” deb hisoblashda yakdildir.

Ulardan keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan “salaf” yoki “salafiylar” tushunchalari aslo ishlatilmaydi.

Birok sunggi vaktlarda “salafi solihlarga ergashish” shiori ostida “salafiylik” mafkurasini bayroq qilib olgan, o‘zlarini go‘yoki “salaflarning izdoshlarimiz” deb  hisoblaydigan mutaasib soxta salafiylar paydo bo‘lganini alohida qayd etish lozim.

G‘oyalari:

-Kuron va sunnatda yozilgan qodalarni so‘zma so‘z tushunib, ko‘r-ko‘rona amal qilish orqaliboshqa manbalarni botilga chiqaradila

Fikriy turg‘unlik har bir zamon allomasini xavotirga solgan xolatdir. Voqelikni inobatga olmaydigan, xar masalada harfiy yondashuvni yoqlaydigan toifalar o‘z davrida Abu Muqotil Samarqandiyning “al-Olim va-l-mutaallim” kitobida Imom Abu Hanifa va uning shogirdi o‘rtasidagi savol-javobda ham tanqid ostiga olinadi. Jumladan, shogird Imom Abu Hanifaga savol beradi:

  • Men turli saviyadagi odamlar bilan muloqotda bo‘lib tura- man. Ulardan, inshaallox, mening nazarimda eng past saviyada bo‘lganlaridan gapni boshlayman. Menga ularga qarshi dalillarni ayting. “Bu ishga aslo daxl etma. Zero, sahobiylar ham bu ishlarning hech biriga daxl etmaganlar. Ular qilganini qil”, deydigan toifalarni ko‘rdim. Ular toshqin daryo ichida turgan, uning sayoz joyini bilmaganidan g‘arq bo‘layotganga, joyingda tur, sayoz joyni izlama, deyayotgan kishiga o‘xshaydilar.

Hakim Samarqandiy esa Qur'on oyatlarining zohiriga qarab hukm olish borasida fikr yuritib, “Qur'ondagi hamma narsani ham zohiriga qarab sharhlash mumkin emas, chunki Qur'onda ko‘p o‘rinlarda oyatlarning zohiri boshqa ma'noni, botini boshqa ma'- noni anglatadi. Allohdan qo‘rqing. Qur'onni faqat o‘z ra'yingiz- dan kelib chiqib sharhlamang”, deb bu ishniig shariat ko‘rsatmasiga xilof ekanini ta'kidlagan.

Zayniddin Eshonqulov - UMI Samarqand viloyat bosh imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 28/05/2020 13:37;   Ko‘rilganligi: 1527
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/soxta-salafiylar
Chop etilgan vaqti: 15/09/2024 08:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing