O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Soxta da'vatlarga raddiya.

 
 

Bugunki ilm fan va texnika rivojlanish davrida ijtimoiy tarmoklardan faydalanishning xam urni bor desak mubolaga bulmaydi. Lekin xar narsaning yaxshi va yomon , foydava zarar tamoni bulgani kabi , bu ijtimoiy tormokdan foydalanishning,jamiyatimiz rivoji , ayniksa kelajak avlodni chiroyli tarbiya kilishgafoydasi va manfaati bilan birgalikda , kelajagimiz bulgan yoshlarimizni , yuldan ozdirishga . ularga soxta goyalardan iborat davomchilarning da'vatlariga aldanib kolishlaridek jamiyatimizga zarar va ziyonlar yetayotgani xam xech birimizga sir emas . Aynan ushbu soxta davatchilar , bizning ajdodlarimizdan , bizgacha yetib kelgan guzal Islom dinimizta'limotlari . odob –axlokli , bagrikenglik , kechirimlilik . insonparvarlikdek go‘zal g‘oyalariga zid o‘larok , o‘zlarining buzgunchi g‘oyalarini amalga oshirish maksadida Islom dini nikobi ostida faoliyat olib bormokdalar. Anashunday soxda da'vatchilardan ijtimoiy tarmoqda o‘tirib o‘rgimchakka o‘xshash in Qurayotgan shaxslardan Maxmud Abdulmumin Abdulloh Zufar Abu Soloh kabi soxta davatchilarni misol qilish mumkin , bular chet elda o‘tirib islom dininging muqaddas tushunchalari bo‘lmish Hijrat , Jixod , Takfir kabi iboralarni o‘z o‘rnidan boshqa o‘rinlarda qo‘llab Qur'oni karimdagi oyatlar ma'nosini va mazmunini nato‘g‘ri talqin qilib kelmoqdalar. Biz bu o‘zbek zamon da'vatchilarning davatlariga munosabat bildiradigan bo‘lsok avvalo buning davomli oqibatlarini nimalarga olib kelganini yaqin sharq mamlakatlari misolida qo‘rishimiz mumkin. Yaqin tarixga bir nazar solsak o‘sha o‘zlari chaqirayotga Shomdavlatlida minglagan begunox tinch aholining nobut bo‘lib ketganini, masjidlar , madrasalar barbod qilinganini qo‘zga qo‘ringan islom ummatining ulomalari Rosulloh S.A.Vga munosib merozxo‘rlarining shahid bo‘lganliklarini ko‘rishimiz mumkin. Bu qilmishliklarning natijasida o‘sha yerda yashab kelayotgan aholining qanchasi ochlikdan nobud bo‘ldi, Qanchalari o‘z davlatlarini tashlab ketishga yani xijrat qilishga majbur bo‘lishdi. Shy kunlarda xam bularning go‘yoqi jihod barcha musulmonlarga farz qilinginini , shu sabab haqiqiy musulmon yoshlar Suriya kabi urush ketayotgan davlatlariga borishlari va qofirlariga qarshi urush olib boirishi zarur ekani haqidagi soxta da'vatlari tarqatilmoqda. Bunday fitnachilarning go‘yaki ushbu ummatga jihodsiz xayot yo‘q kabi davolari aldanayotgan ayrim yoshlar jihod rush olib boirsh ekan deagn tor tasavvurlar bilan Suriyadagi terrorchilar safiga borib qo‘shilmoqdalar. Oxir oqibatda esa ushbu aldanganlar jangu jadallarda o‘lib ketmoqda. O‘zi bilan Suriyaga ergashtirib olib ketgan yosh turmush o‘rtoqlari , opa-singillari nasldi nasabi na'malib jangari kimsalarga xotin bo‘lib norasida go‘daklari och naxor tarbiyasiz xolda sarson sargardon bo‘lmoqdalar. Vaxalanki Jihod arabchada jiddu jaxt g‘ayrat qilmoq ma'nolarini anglatadi. Jihord o‘lim ma'nosida emas Allohning diniga so‘z bilan da'vat qilish ma'nosida yusaga kelgan . Islom dinida shar'iy masalalarda umum tan olingan to‘rt fiqhiy mazhablarga ergashishni rad etish. “Mazhab” so‘zi arabchada “yo‘l”, “yo‘nalish”, shar'iy istilohda esa “diniy masala bo‘yicha muayyan mujtahid olimning fatvo chiqarish yo‘li” ma'nolarini bildiradi.

Mazhablarda Qur'on, sunnat, ijmo va qiyosdan dalil sifatida foydalanishning o‘ziga xos qoidalari, usul va tamoyillariga asoslangan muayyan tizim mavjud. Masalalar tizimli ravishda hal bo‘lgan. Mazhabsizlarda esa hech qanday ijtihod usul va qoidalari yo‘q bo‘lib, “Qur'on va Sunnatga murojaat qilamiz” qabilidagi dalilsiz da'vo bilan hukmlar berilmoqda. Maqsadiga, ra'yiga va nafsiga to‘g‘ri kelgan dalillarni olib, qolganlarini tashlash esa yomon oqibatlarni keltirib chiqarmoqda.

Bemazhablar omma musulmonlar ichida ko‘plab noto‘g‘ri talqin qilingan aqidaviy va fiqhiy masalalarni tarqatmoqdalar. Vaholanki, bu masalalar Ahli sunna olimlari tomonidan allaqachon hal qilingan.

Mazhabsizlar tarafdorlarining ayrim iddaolaridan ularning da'volari asossiz ekaniga ishonch hosil qilish mumkin:

O‘MI Samarqand vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 04/11/2021 06:58;   Ko‘rilganligi: 474
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/soxta-davatlarga-raddiya
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 10:46
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing