Solix amallarga shoshiling
Alloh taolo har bir musulmonni solih amallar qilishga buyuradi, hatto bu ishga shoshilishga undaydi. Qur'oni karimda: «Albatta, yaxshi amallar qilishga shoshilingiz. (Baqara surasi, 148-oyat).
Har birimiz har soatda, har kuni, har hafta, qanchadan-qancha solih amallar qilamiz. “Solih amal” deganda, toat-ibodat, imon, ixlos, namoz, ro‘za, zakot, haj hamda boshqa barcha ezgu amallar tushuniladi. Rostgo‘ylik, halollik, ota-onaga yaxshilik qilish, qavm-qarindosh, qo‘ni-qo‘shni bilan yaxshi munosabatda bo‘lish, yetim-miskinlarga yordamlashish hatto nabotot, hayvonot, jamodot olamiga yaxshi munosabatda bo‘lish ham solih amallardandir.
Solih amallarimiz qabul bo‘lishining shartlari, talablari ko‘p. Ulamolar shulardan uchtasini alohida ajratib ko‘rsatishgan.
- Imon, ya'ni mo‘min-musulmonligimizni yodda tutgan holda, solih amallar qilishimiz kerak. Qur'oni karimda: «Kimda kim, erkakmi u, yo ayolmi u, mo‘min holida biror yaxshi amal qilsa, Biz unga yaxshi hayot ato eturmiz» (Nahl surasi, 97-oyat).
- Ixlos. Amallar qabul bo‘lishida ixlosning o‘rni katta. “Ixlos” deganda, solih amalni Alloh taolo ko‘rib turganidek yoki U meni ko‘rib turibdi, degan tushunchada qilish tushuniladi.
- O‘sha amalni to‘g‘ri bajarish. Mo‘tabar kitoblarda qanday yozilgan bo‘lsa, shunday bajarishdir.
O.G‘oibov Okdaryo tumani "Yangiqo‘rg‘on" masjidi imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 08/09/2023 14:52; Ko‘rilganligi: 617
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:40