O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

SOG‘LOM AQIYDA

 
 

Imomi A'zam Abu Hanifa rohimahulloh aytganlar: «Kim Alloh osmondami yoki yerdami, bilmayman, desa kofir bo‘ladi. Shuningdek, Alloh Arshdan ustun, lekin Arsh osmondami yoki yerdami, bilmayman, degan kishi ham».

So‘ng bunday degan kishining kofir bo‘lishining ko‘rinishini quyidagicha ta'rif etganlar: «Alloh taoloni tomon va chegaraga xoslab qo‘ygani uchun. Holbuki, tomon va chegaraga xoslangan har bir narsa muhtoj va yaratilgan ekani barchaga ma'lum. Bunday deyish esa, Alloh taoloning haqqida ochiq-oydin nuqsonlikka yo‘l qo‘yishdir. Jism va jihat haqida gapiruvchi kishi hissiy ishora qilinadigan narsalarsiz bor bo‘lishni inkor qiluvchi hisoblanadi. Bas, bunday deguvchi kishilar narsalardan munazzah, ya'ni pok bo‘lgan Ilohning zotini inkor qiladilar. Bunday holatda shak-shubhasiz u kufr hisoblanadi».

Qozi Ahmad Bayoziyning «Ishorotul imom» va Imom Tahoviyning «E'tiqodu ahli sunna val jamoa 'ala mazhabi fuqohoil millat Abi Hanifa va Abi Yusuf va Muhammad ibn Hasan» kitoblarida quyidagicha zikr qilinadi: «Alloh taolo chegaralardan, nihoyalardan, tayanchlardan, a'zolardan va bo‘laklardan oliy Zotdir. Paydo qilingan boshqa narsalar singari olti: tepa, past, o‘ng, chap, old va orqa tomonlar Uni qamramaydi».

«Kalimatun ilmiyyatun havla jumlati izaa sohhal hadisu fa huva mazhabiy» 17-B, Shayx Vahbiy Sulaymon G‘ovchi rohimahulloh.

Xayrulla domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 23/12/2021 08:36;   Ko‘rilganligi: 463
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/soglom-aqiyda
Chop etilgan vaqti: 12/05/2024 18:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing