O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Shahidlikning asl mohiyati nima?

 
 

Shahidlik Islom dini ta'limotida, Allohning roziligi yo‘lida fidoyilik qilgan, iymoni, e'tiqodi, nomusini, Vatanini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lgan kishiga Alloh tamonidan beriladigan daraja tushiniladi.

Paygambarimiz (s.a.v) ichki kasalliklar, vabo kasalliklar xuriji bilan o‘lgan, joni, moli, or-nomusi, ximoyasi yulida uldirilgan va turli sabablar bilan fojiali halokatga uchragan kishilarga ham shahidlik maqomi beriladi deb bashorat kilganlar. Shunday ekan Islom ta'limotida boshqa savobli ishlar kabi shahidlik ham musulmon kishining ixlosu e'tikodi, amali hamda musibatlarga sabr qilishi evaziga beriladigan mukofat ekan. Ammo bizning asrimizda o‘zlarini portlatish, terror amaliyotini amalga oshirish yo‘li bilan tinch yashab turgan xalqlarni xayotiga zomin bo‘layotganlar jinoyatchi gunohkor bandalardir. Ularning shahidlik da'vo qilishlariga hech kanday shar'iy asos yuk.

Bobobek Abduraximov "Koraboy oksakol" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 06/02/2023 09:04;   Ko‘rilganligi: 370
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/shahidlikning-asl-mohiyati-nima
Chop etilgan vaqti: 16/05/2024 06:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing