O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Shahar bayramiga munosib sovg‘a

 
 

Kecha va bugun ko‘hna kent azim Samarqandda Butunjahon Turizm tashkiloti UNWTO bosh assambleyasining yubiley yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu sessiyada Samarqandga madaniy turizmning xalqaro poytaxti maqomi beriladi. Shu bilan birga, shahrimizda xalqaro Turizm akademiyasi tashkil etiladi. Bu borada majlis ishtirokchilari bir ovozdan qaror qabul qildi. Nufuzli tashkilotning anjumani shahar bayrami arafasida o‘tayotganida ham bir ma'no bor.

Keyingi yillarda mamlakatimizda, xususan, Samarqandda sayyohlik sohasi keskin rivojlandi. Kelayotgan xorijlik mehmonlar sonining sezilarli ortgani fikrimiz isbotidir. Sayohatchilarga munosib sharoitlar yaratish borasida ham e'tiborga loyiq ishlar amalga oshirilmoqda. Uy mehmonxonalarining ko‘payayotgani, xizmat ko‘rsatish sifatining oshayotgani sohada siljish bo‘layotganidan darak beradi. Majlisda nutq so‘zlagan davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoev aniq raqamlar keltirib, qilingan va rejadagi ishlar to‘g‘risida muhim ma'lumotlarni taqdim etdilar. Xulosa qilish mumkinki, turizmni rivojlantirishdan mo‘maygina daromad qilsa bo‘ladi. Qolaversa, butun dunyo e'tibori bugun qadimiy va navqiron Samarqandga qaratilgan. Bularning hammasi ertangi bayramga munosib tuhfadir. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz Samarqandliklar!

Uzoqov Ma'murjon Samarqand shahar "Darg‘om" masjidi imom-xatibi 


Kiritilgan vaqti: 18/10/2023 14:54;   Ko‘rilganligi: 139
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/shahar-bayramiga-munosib-sovga
Chop etilgan vaqti: 01/05/2024 18:42
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing