O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Savobi ulkan amal!

 
 

Sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari keng yoyilishida beqiyos xizmat qilishgan. Bu bejizmas. Chunki Payg‘ambarimiz alayhissalom bunday deganlar: “Me­ning gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so‘ngra qanday eshitgan bo‘lsa, ana shunday yetkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin” (Imom Termiziy rivoyati)

Tahoratdan so‘ng duo qilishning fazi­latiga to‘x­talsak. Umar ibn Xattob ro­ziyallohu an­hudan rivoyat qilinadi. Ra­sululloh sol­lallohu alayhi va sallam: «Kim yaxshilab ta­­horat olsa, so‘ng­ra: “Ashhadu allaa ilaha illallohu vah­dahu laa shariykalahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rasuluhu”, desa, uning uchun jannatning sakkizta eshigi ochiladi va xohlaganidan kiradi», dedilar (Imom Muslim rivoyati)

Imom Termiziy Umar ibn Xattob ro­ziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadis­da Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim yaxshilab tahorat olsa, so‘ngra: “Ashhadu allaa ilaha illallohu vah­dahu laa shariykalahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rasuluhu. Allo­hummaj'alniy minat-tavvabiyn vaj'alniy minal mutatohhiriyn” desa, uning uchun jannatning sakkizta eshigi ochiladi va xohlaganidan kiradi», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga muvofiq har bir mo‘min tahoratdan so‘ng yuqoridagi muborak kalimalarni aytishga odatlanishi maqsadga muvofiqdir. E'tibor qaratadigan bo‘lsak, tahorat juda oson, savob­lari ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, Allohga yaqinlashtiruvchi hamda jannatga yetaklovchi amaldir. Ammo e'tiborsizlik, dangasalik va beparvolik sabab bunga amal qilmaymiz.

Alloh taolo barchamizni har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini o‘rganib, unga amal qilib yashashni nasib aylasin! 

Obidjon ISMOILOV,

Sariosiyo tumani

“Imom Nizomiddin Sangardakiy”

jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 21/02/2024 14:45;   Ko‘rilganligi: 155
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/savobi-ulkan-amal
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 20:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing