O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

SALOM – ALLOH TAOLONING ISMI

 
 

AL-ADAB  AL-MUFRAD -“Sahifai Muhammadiya”   9-sahifa. Saylanma hadislar.

Biz salom berishni oddiy bir holat deb tushunib qolganmiz. Shuning uchun hohlasak salom beramiz, hohlamasak yo‘q. Alik olish ham shunga o‘xshash. E'tiborsizlik bilan “him” deb o‘tib ketaveramiz ko‘pincha. Aslida uning ham nomoz va ro‘zaga o‘xshab ulkan tarixi bor. Musulmon kishi bu ibodatga e'tiborsiz bo‘lmasligi kerak.

978.—“Nabiy s.a.v.shunday dedilar: “Alloh Odam alayhissalomning bo‘ylarini oltmish arshin qilib yaratdi. (Bir arshin – 42 santimetr).So‘ng o‘tirgan bir necha farishtalarni ko‘rsatib, “Anavilarning oldiga borib, salom bergin va ularning qanday alik olishlarini eshitgin. Bu sening va zurriyotingning salomi bo‘ladi”, dedi. “Assalomu alaykum”, dedi u. “Assalomu alayka va rohmatullohi”, deyishdi. Unga “va rohmatullohi”ni ziyoda qilishdi. Kim jannatga kirsa u (Odam)ning suratida kiradi. Hozirgacha xalq nuqsonga uchrab kelmoqda, (ya'ni odamzodning jussasi zamon o‘tishi bilan kichrayib kelmoqda)”.

  1. – Nabiy s.a.v.: “Salomni tarqating, salomat bo‘lasiz”, dedilar. 980. -- Nabiy s.a.v.: “Mo‘min bo‘lmaguningizcha jannatga kirmassiz. O‘zaro muhabbat qilmaguningizcha mo‘min bo‘lmassiz. O‘zaro muhabbat qilishingizga sabab bo‘ladigan narsaga dalolat qilaymi?” dedilar. “Ha, ey Allohning Rasuli!” deyishdi. “Orangizda salomni keng tarqating”, dedilar.
  2. – Rasululloh s.a.v.: “Raxmonga ibodat qilinglar! Taom beringlar! Salomni tarqatinglar! Jannatlarga kirasizlar”, dedilar.
  3. – .... Abu Bakr Siddiq r.a. Agar r.a.ga: “Odamlar sendan oldin salom berayotganlarini ko‘ryapsanmi? Ularga ajr bo‘ladi. Ularga sen oldin salom ber. Senga ajr bo‘ladi”, dedi.
  4. -- Rasululloh s.a.v.: “Musulmon uchun o‘z birodari bilan uch kundan ortiq arazlashishi halol emas. Uchrashib qolsalar, unisi ham yuz o‘giradi, bunisi ham yuz o‘giradi. Ikkovlaridan qay biri avval salom bersa, o‘sha ularning yaxshisidir”, dedilar. Nabiy s.a.v.: “Odamlarning Allohga eng yaqini ularga eng avval salom berganidir”, dedilar. Rasululloh s.a.v.ning o‘zlari hammadan oldin salom berar edilar. Saxobai kiromlar ataylab poylab turib ham u zotdan avval salom berishga ulgurmay qolar edilar. Salom berish, alik olish nafaqat hadislarda, hatto Alloh taolo Qur'on Karimda ham bir necha bor ta'kidlab kelgan ibodat ekan. Jumladan, “Qachonki sizga bir salomlashish ila salom berilsa, siz undan ko‘ra yaxshiroq alik oling yoki xuddi o‘zidek javob bering. Albatta Alloh har bir narsaning hisobini oluvchi Zotdir”, degan. /Niso surasi 86-oyat/. Rasululloh s.a.v.dan “Qaysi amal eng yaxshi amal?”- deb so‘ralganda, u zot: “Tanigan va tanimagan odamingga taom va salom bermog‘ing” deb javob berganlar.
  5. -- Rasululloh s.a.v: “Albatta, Salom Alloh taoloning ismlaridan biridir. Alloh uni yer yuziga qo‘ygan. Bas, oralaringizda salomni yoyinglar”, dedilar.
  6. -- Nabiy s.a.v.: “Musulmonning musulmondagi haqqi beshtadir. ... Qachon uchratsang, unga salom ber; da'vat qilsa, ijobat qil; nasihat so‘rasa, nasihat qil; aksa urib, Allohga hamd aytsa, tashmit ayt; kasal bo‘lsa, ziyorat qil; vafot etsa, janozasida ishtirok et”, dedilar. (Aksa urgan “Alhamdu lilloh” desa, eshitgan “Yarhamukalloh yashfiyka” deydi). Bu hadisda salom berishlik, kasalni ko‘rish va janoza o‘qish kabi ulug‘ ibodatlar qatorida birinchi bo‘lib aytilmoqda. Salomni naqadar zaruriy ibodat ekanligini shundan ham bilib olsak bo‘ladi.
  7. -- Nabiy s.a.v.: “Ulovdagi piyodaga salom bersin, piyoda o‘tirganga salom bersin, ozchilik ko‘pchilikka salom bersin. Kim salomga alik olsa, o‘ziga foyda. Kim alik olmasa unga hech narsa yo‘q”, dedilar. (Ulovdagining piyodaga salom berishi, yoki oldin salom berish odamdagi kibrni yo‘qotadi. Ko‘pchilikka salom berilganda ularning hammasi alik olishi shart emas. Bir kishi alik olsa, hammadan soqit bo‘ladi).
  8. – Jobir r.a.: “Ikki piyoda uchrashib qolsa, kim oldin salom bersa, o‘sha afzal bo‘ladi”.

997.- Husayn: “Sha'biy otliqni ko‘rganda unga salom berdi. “(Ey Sha'biy) otliqqa salom berasanmi?” dedim. U: “Shurayxning piyoda bo‘la turib oldin salom berganini ko‘rganman”, dedi”. (demak, sharoit taqozosidan kelib chiqib, piyoda otliqqa birinchi salom berishi ham mumkin ekan).

  1. -- Rasululloh s.a.v: “Kichik kattaga, piyoda o‘tirganga, ozchilik ko‘pchilikka salom beradi”, dedilar.
  2. – Sa'd: “Abdulloh ibn Amr va Qosim ibn Muxammad bilan birga safarga chiqdi. Sarif degan joyda to‘xtashganda oldilaridan Abdulloh ibn Zubayr o‘tdi va qo‘li bilan ishora qilib salom berdi. Ikkisi alik oldi”. (Demak, ovoz eshitilmaydigan sharoitda qo‘l bilan ishora qilib salom berish va alik olish mumkin ekan, masalan, moshinada ketayotganda)
  3. – Abdullo ibn Umar: “Qachon salom bersang eshittirib ber. Chunki salom Alloh taolo tomonidan kelgan muborak, pok tabrikdir”, dedilar. (Ammo bir qismi uyquda boshqasi uyg‘oq odamlardan iborat jamoa oldiga kirgan odam uyg‘oqlar eshitadigan va uxlayotganlar uyg‘onmaydigan qilib salom beradi).
  4. – Ibn Abu Talhadan: “Tufayl ibn Ubay ibn Ka'b xabar berdi. U Abdulloh ibn Umarning huzuriga borar va birga bozorga chiqar edi. “Bozorga chiqqanimizda, Abdulloh ibn Umar uvadachining oldidan o‘tsa ham, savdogar yoki miskinning, xullas, kimning oldidan o‘tsa albatta salom berar edi.” Tufayl aytadi: “Bir kuni Abdulloh ibn Umarning oldiga bordim. Bas, u mendan o‘ziga ergashib bozorga borishimni so‘radi. Men: “Bozorda nima qilasiz? Savdoning oldida to‘xtamaysiz, savdo molining narxini so‘rab ham qo‘ymaysiz, savdolashmaysiz ham. Bozorning biror majlisida o‘tirmaysiz ham. Shu yerda gaplashib o‘tira qolaylik”, dedim. Shunda Abdulloh menga: “Hoy Qorinboy! (Tufaylning qorni katta edi) Biz u yerga o‘zimizga yo‘liqqanlarga salom bergani boramiz”, dedi”.( Hazrat Umarning o‘g‘li ham salom berishning savobi naqadar katta va barakotli bo‘lganligini bilgani uchun odam ko‘p bo‘ladigan bozorga faqat salom berish uchun borar ekan).
  5. -- Rasululloh s.a.v: “Birortangiz majlisga kelsa, salom bersin. Qaytsa ham salom bersin. Keyingisi avvalgisidan haqli emas”dedilar. (Ya'ni ikkovining ham ajri barobar).
  6. – Anas ibn Molikdan: “Nabiy s.a.v.ning saxobalari jamlangan bo‘lar edilar. Oldilaridan daraxt chiqib qolsa, ularning bir toifasi uning o‘ng tomonidan, yana bir toifasi chap tomonidan aylanib o‘tardilar va yo‘liqqanlarida bir-birlariga salom berar edilar”.
  7. – Sobit Bunaniy: “Anas ertalab do‘stlari bilan ko‘rishish uchun qo‘liga xushbo‘y moy surtar edi”.
  8. – Abdulloh ibn Amr: “Bir kishi: “Ey Allohning Rasuli! Islomning qaysi xislati yaxshi?”dedi. “Taom berishing va tanigan-tanimagan kishingga salom berishing”, dedilar”.
  9. --Abu Hurayradan: “Odamlarning eng baxili salom berishga baxillik qilgan kishidir. Foydadan nasibasiz kishi salomga alik olmaganidir. Agar sen bilan birodaring orasiga daraxt tushib qolsa, sen undan oldin salom berishga qodir bo‘lsang, shuni qil”.

Salom berishni o‘ziga ep ko‘rmagan odam dunyodagi eng baxil odam sifatida baxolanar ekan. Salom berilganda alik olmagan kishi naqd foydaning eshigi ochilib turganda undan foydalanmagan benasib kimsa kabi ekan.

ASSALOMU ALAYKUM VA RAXMATULLOHI VA BAROKAATUHU !

Xolmuhammad domla Salimov Urgut tumani “Mang‘itobod” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 16/08/2023 15:33;   Ko‘rilganligi: 266
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/salom-alloh-taoloning-ismi
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 15:39
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing