“Salafiylik” tashkiloti g‘oyalari
Soxta salafiylar quyidagi g‘oyalarni ilgari suradilar:
- Qur'on va sunnada yozilgan qoidalarni so‘zma-so‘z tushunib, ko‘r-ko‘rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqaradilar;
- “jihod”ni islomning oltinchi arkoni deb hisoblaydilar;
- “takfir” (kufrda ayblash) va “hijrat” (vatanni tark etish) masalasini ilgari suradilar;
- fiqhiy mazhablarni inkor qilib, mazhabsizlikni targ‘ib qiladilar;
- qiladilar;
- tasavvuf, urf-odat va milliy qadryatlarni inkor etadilar;
- g‘ayridinlarga o‘ta toqatsiz munosabatda bo‘lib, diniy bag‘rikenglikni yoqlamaydilar;
- har qanday yangilikni “bid'at” deb hisoblab, uni rad etadilar.
Ayniqsa soxta salafiylar tomonidan targ‘ib qilinayotgan mazhabsizlik g‘oyasi, asrlar davomida shakllangan diniy an'analarni izdan chiqarib, bir yurt musulmonlari o‘rtasida parokandalikni yuzaga keltirmoqda.
Z.Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)
Kiritilgan vaqti: 28/11/2019 17:03; Ko‘rilganligi: 1358
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/salafiylik-tashkiloti-goyalari
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 15:16
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 15:16