O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Sadaqaning 63 ta foydasi

 
 

1) Sadaqa – jannat eshiklaridan biridir.
2) Sadaqa – solih amallarning eng afzali.
3) Sadaqa Qiyomat kuni o‘z sohibiga soyabon bo‘ladi.
4) Sadaqa qabr issig‘ini pasaytiradi.

5) Sadaqa – mayyitga qilinadigan eng yaxshi va eng foydali hadyadir. Alloh taolo uni ko‘paytirib beradi.
6) Sadaqa nafsni poklaydi.
7) Sadaqa Qiyomat kunidagi qo‘rqinchdan omonlik beradi.
8) Sadaqa gunohlarga kafforat bo‘ladi.
9) Sadaqa – o‘lim oldi xotimani go‘zal qiladi.
10) Sadaqa xursandchilikka sabab bo‘ladi.
11) Sadaqa qiluvchi – odamlarning eng yaxshisidir.
12) Sadaqa sohibiga juda ham ko‘p va beqiyos buyuk yaxshiliklar va juda ham ulkan savoblar va'da qilingan.
13) Sadaqa qilish – taqvodorlarning sifatlaridandir.
14) Sadaqa – saxovatning belgisidir.
15) Sadaqa – duo qabul bo‘lishiga sababdir.
16) Sadaqa – tashvishning arishiga sababdir.
17) Sadaqa baloni qaytaradi.
18) Sadaqa umrni uzaytiradi.
19) Sadaqa – dardga davo, kasallikka shifo, eng foydali muolajadir.
20) Sadaqa o‘t tushishidan, suvda cho‘kishdan, o‘g‘ri urishidan va yomon o‘limdan asraydi.
21) Sadaqaning savobi – naqd, garchi u hayvon-parrandalarga qilinsa ham.
22) Sadaqaning afzali – ochga taom berishdir.
23) Sadaqa qiluvchi kishi odamlar mehrini qozonadi.
24) Sadaqa – sadaqa qiluvchining mol-davlatini ko‘paytiradi.
25) Sadaqa rizq ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
26) Sadaqa qilgan kishini odamlar yaxshi ko‘rishlariga sabab bo‘ladi.
27) Sadaqa nusratga sabab bo‘ladi.
28) Sadaqa ishida qatnashganlar savobga sherik bo‘ladilar.
29) Sadaqa – balo va qazolardan himoya qiladi.
30) Sadaqa o‘z egasini yomon o‘limdan asraydi.
31) Sadaqa bergan bilan mol-dunyo kamayib qolmaydi.
32) Sadaqa beradigan odamning moliga farishtalar baraka tilab duo qiladilar.
33) Sadaqa Parvardigorning g‘azabini o‘chiradi.
34) Sadaqa – sadaqa beruvchining shaytonlar ustidan g‘alabasidir.
35) Sadaqa Qiyomat kunida bu dunyoda boy berilgan narsalarga afsus qildirmaydi.
36) Sadaqa – g‘am-anduhdan xoli etguvchidir.
37) Sadaqa Qiyomat kuni to‘siq bo‘lib, himoya qilib, sadaqa qiluvchini do‘zaxdan to‘sadi.
38) Sadaqa qalbning qattiqligini yumshatadi.
39) Sadaqa – Qiyomat kunida sadaqa qilganning yuzining jilosidir.
40) Sadaqa qilingan mayyitga ham, sadaqa qilgan odamga ham Alloh taolo savoblarini ko‘paytirib beradi.
41) Sadaqa – yomonliklarni daf etish uchun sababdir.
42) Sadaqa farishtalarning duosiga sabab bo‘ladi.
43) Sadaqa savoblarni ko‘paytiradi.
44) Sadaqa – qayg‘udan asraguvchidir.
45) Sadaqa – qabr olovini so‘ndirguvchidir.
46) Sadaqa – hasanotlarni o‘n hissaga ko‘paytirguvchidir.
47) Sadaqa bu dunyodagi 70 xil yomonlik eshiklarini yopadi.
48) Sadaqa – sohibini qabr azobi va olovdan ozod etguvchidir.
49) Sadaqa – sadaqa beruvchining quvonchiga sababchidir.
50) Sadaqa xato va gunohlarni o‘chiradi.
51) Sadaqa vafotingizdan keyin ham ajr-savobingizni ko‘paytirib turadi.
52) Sadaqa qiluvchi Alloh taologa yaqin bo‘lib, O‘zining mehriga sazovor bo‘ladi.
53) Uzr sababli tutolmay qolgan farz qilingan ro‘zani ham sadaqa bilan kaforat etiladi.
54) Sadaqa Ramazon oyida tutilgan ro‘zani mukammal qilib beradi.
55) Sadaqa qilayotganingizda mablag‘laringizni yo‘qotayotgan bo‘lmaysiz, balki uni boshqa payt uchun o‘zingizga jo‘natayotgan bo‘lasiz.
56) Sadaqa – saxiy va himmatli ishlardan va ezgu alomatlardan biridir.
57) Sadaqa – duoning ijobat bo‘lishiga sababchidir.
58) Sadaqa qiluvchilarni O‘zining go‘zal mukofotlari ila siylaydi.
59) Sadaqa – Qiyomat kunida sadaqa qilganning yuzini yorug‘ qiladi.
60) Sadaqa – sadaqa beruvchidan va uning yaqinlaridan baloni daf qiladi.
61) Sadaqa – sadaqa beruvchining obro‘ va hurmatini saqlaydi.
62) Sadaqa beradigan xonadonga Xudoi taoloning rahmati yog‘iladi.
63) Sadaqa beradigan odamga fayzu ilohiy, xayr-baraka beriladi.

? Kalomulloh – Qur'oni Karimning oyati karimalarida va Janobi Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning muborak hadisi shariflarida ?

Ustoz ulamoi kiromlarimiz aytadilar:
“Juda oz bo‘lsa ham, kuniga sadaqa qilishni odat qiling!"
Chunki...
"SADAQA – RADDI BALO"!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Toshkent viloyati vakili o‘rinbosari

Ibrohimjon domla Inomov 


Kiritilgan vaqti: 20/04/2023 12:46;   Ko‘rilganligi: 254
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/sadaqaning-63-ta-foydasi
Chop etilgan vaqti: 06/05/2024 00:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing