SABR IYMONNING AFZALI
Nabiy alayhisalom aytadilar. "Vabo tarqalgan joydan qochgan kishi ba misoli urushdan kochgan odam kabidir. Vabo tarqalgan joyda sabr qilib o‘tirgan kishi ba misoli urushda sabr qilgan kabi savob olur”.
Ha azizlar, vabo epidemiyasi tarqalgan joy ham ba misoli urush vaqtiga uxshaydi, ko‘p itoat va sabrni talab kiladi, urushda g‘olib bo‘lish vositalaridan biri matonatli va sabrli bo‘lishdir.
Chiroyli sabr vositasi bilan bugun bizlar dushmanni yengamiz.Dushman aniq, mitti kuzga kurinmaydigan maxluq, COVID - 19.
Xozir sabrli bo‘lib, qilmaslik zarur bo‘lgan holatlar to‘g‘risida bayon qilamiz.
Birinchi - Eng avvalo sabr qilib uyda qolamiz.
Ikkinchi - Ramazoni sharif ro‘zasini ixlos va sabr qilib tutamiz.
Uchinchi - sabr qilib ixtiyoriy ravishda nafsimizni va roxatimizni tiyamiz.
To‘rtinchi - boshimizga tushgan ozgina qiyinchiliklarga sabr kilamiz.
Beshinchi - yoru - birodarlarimiz bilan masofa saqlab suhbat kilamiz.
Oltinchi - iftorlikni o‘z uyimizda qilamiz va sabr qilib yaqin qarindoshlarimiznikiga ham o‘tmaymiz.
Yetinchi - taroveh namozlarini uyda uqiymiz, bu holat mo‘min - musulmon uchun ancha og‘ir bo‘lsa ham sabr qilamiz.
Yoqub (a.s) o‘g‘illari Yusuf (a.s)ni yo‘qotib qo‘yganlarida shunday degan edilar "Endi meni ishim chiroyli sabr kilishdir".
Ayyub (a.s) bemor bo‘lib yotganlarida badanlari irib qurtlab ketdi. Ayyub (a.s) 18 yil sabr qilib so‘ng “Parvardigorim menga musibat yetdi. O‘zing rahmlilarning raxmlirog‘isan”, deb duo qildilar.
Albatta azizlar, ko‘p yaxshi va farovon kunlarni boshimizdan o‘tkazdik ba'zi hollarda isrof va nuqsonlarni ko‘paytirdik. Endi esa, o‘zimizni anglashimiz uchun imkoniyat bo‘ldi, inson avvalo o‘zini yaxshi anglamog‘i kerak, nima uchun yaratilganini, nimani xohlashini, nima uchun yashashini, maksadi nimadan iborat ekanini tushunib yetsa, inson butun vujudida yengillik va xotirjamlikni his kiladi.
Alloh taolo mitti maxluq bo‘lmish koronani yuborib, insonni zaif mavjudot ekanini tushuntirib berdi. Rasulullox (s.a.v) dedilar: "Hamma narsa takdirga ko‘radir, hatto ojizlik va uddaburonlik ham".
Demak bashariyatning takdirida bu sinovli kunlar bor ekan, uni taqdirdan deb bilishimiz lozimdir.
So‘zimizning intihosida Paygambarimiz (a.s)ning go‘zal hadislarini bayon qilamiz: "Iymonning afzali sabr va bag‘rikenglikdir".
Sabr, bag‘rikenglik, sahovat va ko‘mak xozirgi imtihonli kunlarda eng zarur bo‘lgan amallardandir. Allohim bizlar zaifmiz, Sen qudratlisan qudratingni chekki yo‘q, bizlarga sabr bergin, bizlarga g‘amxo‘rlik va mehribonlik qilgin! albatta Sen Buyuk va hamma narsaga Qodirsan!
Akmal Mamatqulov Samarqand shahar “Obi Rahmat” jome masjidi imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 01/05/2020 09:24; Ko‘rilganligi: 1487
Chop etilgan vaqti: 15/01/2025 20:22