O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

RO‘ZA – MOLIYAVIY IBODAT

 
 

“Sovm” so‘zining lug‘aviy ma'nosi yemoq, ichmoq, kalom, sayr-sayohat va boshqa narsalardan tiyilishdir.

Istilohiy ma'nosi – Ramazon oyida Alloh taologa ibodatni qasd qilib, subhdan to quyosh botguncha yeb-ichish hamda shahvoniy hirsini qondirmoqdan o‘zini tiyib turish va shunga niyat qilishdir. Es-hushi, sog‘ligi joyida, balog‘at yoshiga yetgan, shahrida muqim bo‘lgan mo‘minlar hamda pokiza mo‘minlar tutib berishi shart bo‘lgan farz ibodatidir.

“Ramazon” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, bunday nomlanishi hikmatlarini ulamolar bunday izohlaydi:

1.Yoz oxirida, kuz mavsuining boshlarida yog‘adigan va yer yuzini chang-g‘uborlardan tozalaydigan yomg‘ir ma'nosidagi “ramza” so‘zidan olingan. Bu yomg‘ir yer yuzini tozalaganidek, Ramazon oyi ham mo‘minlarni gunohlardan poklaydi.

2.Quyoshning middatli haroratidan toshlarning qizib ketishi ma'nosidagi “ramaz” so‘zidan olingan. Bunday qizigan toshlar ustiga yurgan kishining oyoqlari kuyadi, qiynalib ketadi. Shunga o‘xshash ro‘za tutgan kishi ham ochlik va suvsizlikning mashaqqatini tortadi, ichi yonadi. Qizigan tosh oyoqlarni kuydiradiganidek, Ramazon ham mo‘minlarning gunohlarini kuydirib, yo‘q qiladi.

3.Qilich va o‘qlarni charxlash uchun ikkita tosh orasiga qo‘yib, urmoq ma'nosida

keluvchi “ramz” so‘zidan olingan. Bu oy Ramazon deyilishiga sabab, arablar bu oyda qilichlarini charxlab, tayyor qilib qo‘yishar yedi.

4.Ba'zilar arab harfi bilan yozilgan “ramazon” so‘zidagi harflarni bunday

sharhlagan: “r” harfi rahmat; “m” harfi mag‘firat; “z” harfi (zamon) jannat kafolati; “o” harfi do‘zaxdan omonda bo‘lish; “n” harfi mag‘firatli va halim Zot bo‘lgan Alloh taolo tomonidan bo‘ladigan nur.

Bu ulug‘ ro‘za ibodati hijratning ikkinchi yili Ramazon oyida quyidagi oyat bilan farz qilingan:

“Yey iymon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo‘lsangiz” (Baqara surasi, 183-oyat).

Ramazon oyi hijriy-qamariy yilning to‘qqizinchi oyi bo‘lib, barcha oylarning sultonidir.

Ramazon oyi nima uchun oylar sultoni deyilgan? Bu oyni boshqa oylardan ajratib turuvchi barcha jihatlarni keltirib o‘tsak:

Qur'oni karimda nomi ochiq zikr yetilgan oy faqat Ramazon oyidir.

“Ramazon oyi-odamlar uchun hidoyat (manbai) va to‘g‘ri yo‘l hamda ajrim yetuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir”.(Baqara surasi,185-oyat).

Qur'on mana shu oyda nozil qilingan, Qur'oni karimda zikr qilingan

hamda ming oydan xayrli bo‘lgan kecha ham mana shu oydadir.

“Qadr kechasi ming oydan yaxshiroqdir” (Qadr surasi, 3-oyat).

Mana shu oyda insonlarga Alloh taolo tomonidan ro‘za tutish farz qilingan.

Bu haqda Qur'oni karimda bunday deyiladi:

“Yey imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shoyad (u sabab) taqvoli bo‘lsangiz. Sanoqli kunlarda” (Baqara surasi, 183-184-oyatlar).

4.Fitr sadaqasini berish shu oyga xos qilingan.

5.Taroveh namozi Ramazon oyida o‘qiladi.

Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda: “Ramazon kechasining fazilatiga ishonib, savob umidida taroveh namoziga turgan kishining ilgari qilgan barcha gunohlari mag‘firat qilinadi”, deyilgan (Imom Buxoriy).

6.Ramazon oyining oxirgi o‘n kunini ye'tikofda o‘tkazish sunnatdir. Oysha (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisda: “Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) to Alloh taolo omonatini olmagunicha Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligida ye'tikof o‘tirishni kanda qilmadilar. So‘ngra, u zotdan keyin zavjalari ham shundoq ye'tikof qiladigan bo‘ldi”, deyilgan (Imom Buxoriy).

Alloh taolo mo‘min bandalariga Ramazon oyida ro‘za tutishni farz qilgan. “Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to‘g‘ri yo‘l hamda ajrim yetuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir.

Bas, sizlardan kim bu oyda (o‘z yashash joyida ) hozir bo‘lsa, ro‘zani tutsin” (Baqara surasi, 185-oyat).

Ro‘za Odam (alayhissalom) davridan beri tutiladi. Avvalgi ummatlar ham ro‘za tutgan. Masalan, Dovud (alayhissalom) bir kun ro‘za tutar, bir kun ro‘za tutmas yedi. Buning yeng fazilatli ro‘za yekanini Payg‘ambar (sollallohu alayhi va sallam) bildirganlar.

Abdulloh ibn Amr (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) menga: “Allohga yeng mahbub ro‘za Dovud (alayhissalom) ro‘zasidir. U bir kun tutib, bir kun tutmas yedi”, dedilar” (Imom Buxoriy.

Ro‘za tutish Muhammad (alayhissalom) ummatiga hijratdan o‘n sakkiz oy o‘tgach, Sha'bon oyining o‘ninchi kuni, Badr urushidn bir oy oldin farz qilindi. Islomning besh shartidan to‘rtinchisi Ramazon oyi ro‘zasini tutishdir. Ro‘za tengi yo‘q ibodatdir.

Alloh taolo barchamizni tutayotgan ro‘zalarimizni qabul qilsin AMIN!

 Raxmonov Abduqayum Urgut tuman “Abduqahhor” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 30/04/2020 12:45;   Ko‘rilganligi: 1475
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/roza-moliyaviy-ibodat
Chop etilgan vaqti: 15/09/2024 08:31
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing