O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

#Raddiya Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan tavassul qilish va yomg‘ir so‘rash

 
 

Imom hofiz Shayxul islom Abul Faraj Abdurrahmon Ibn Javziy Hanbaliy o‘zlarining “Al vafo biahvolil Mustafo” nomli kitoblarida Abu Bakr Munqriydan bir rivoyatni keltiradilar: “ Abu Bakr Munqriy aytadilar: “Men Tabariy va Abu Shayx bilan birga Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning harami shariflarida ekanimizda bir holatga tushib qolgan edik, bizga ochlik o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Bir kuni xufton vaqtida men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qabrilarini oldida hozir bo‘lib “Yo Rasullalloh ochlik, ochlik”, deb aytdim va qaytdim.

Abu Shayx menga:"O‘tir, bizga yo rizq yo o‘lim bo‘ladi", dedi. Abu Bakr o‘z hikoyalarini davom etib: “Men uxlab qoldim. Ikki sherigim esa bir narsaga tikilib o‘tirishgandi, o‘sha payit bir Alaviy (Hazrati Aliy karramallohu vajhahuning avlodlaridan) yigit eshikni taqillatdi. U bilan birga ikki yosh yigit bor edi, har birining qo‘lida turli xil taomlarga to‘la katta savat bor edi....
Ular biz bilan birga o‘tirib taomlanishdi. Biz ortib qolgan taomni olib ketishadi deb o‘ylagan edik, ammo ular taomdan ortganini bizga qoldirishdi. Taomlanib bo‘lgach Alaviy yigit: “Ey qovm, siz Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga shikoyat qilganmidiz?! Chunki, men tushimda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim, u zot menga sizlarga taom olib borishga buyurdilar!, deb aytdi”.
Mana shu qissada buyuklarimiz Rosulullohga istig‘osa qilishni yaxshi va joiz ish deb ko‘rishdi. Bu qissani ko‘plab ulamolar xususan hanbaliy ulamolar ham o‘zlarining asarlarida naql qilishgan. O‘sha ulamolar musulmonlarning nazarida muvahhid musulmonlarning eng buyuklari hisoblanishadi. Ammo, Ibn Taymiyaga ergashuvchi soxta salafiylar nazarida bu ish munkar hisoblanadi va ularning nazdida bu shirk amaldir. Shunday ekan ular yuqoridagi qissadagi hodisaga nima deb javob berishar ekan?

R.Axundjanov


Kiritilgan vaqti: 21/12/2021 06:18;   Ko‘rilganligi: 506
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/raddiya-nabiy-sollallohu-alayhi-vasallam-bilan-tavassul-qilish-va-yomgir-sorash
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 19:35
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing