O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Qusam ibn Abbos roziyallohu anhumoning hayotlari

 
 

Alloh nazari tushgan bu jonajon yurtimiz O‘zbekiston tuprog‘ida necha-necha buyuk shaxslar, olimu-allomalar, muhaddisu-mufassirlar bor, necha-necha tabarruk ziyoratgohlar mavjud. Lekin diyorimizda sharaf jihatdan eng ulug‘ zot Qusam ibn Abbos (roziyallohu anhumo) hisoblanadilar, eng tabarruk ziyoratgoh esa shubhasiz Qusam ibn Abbos qo‘nim topgan joy joylari Shohizinda ziyoratgohi hisoblanadi.
Hatrati Qusam ibn Abbos (roziyallohu anhumo) Payg‘ambarimiz bilan nasabdosh hisoblanadilar. Bu zotning kunyalari, ismlari va nasablari haqida Najmuddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy o‘zlarining “Al-qand fi zikri ulamoi Samarqand” (“Samarqand ulamolari haqida qanddek shirin kitob”) asarida bunday keltiradilar:

Abu Ja'far – Qusam ibn al-Abbos ibn al-Muttolib ibn Hishom ibn Abdumannof ibn Qusay ibn Kilob ibn Murra ibn Ka'b ibn Luay ibn G‘olib ibn Fihr ibn Molik ibn an-Nazr ibn Kinona ibn Huzayma ibn Mudrika ibn Ilyos ibn Muzar ibn Nizor ibn Ma'add ibn Adnon – hazrati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilari (ibn al-Abbos)ning o‘g‘lidir.
Qusam ibn Abbos Payg‘ambarimizga ham ota, ham ona tomondan qarindosh hisoblanadilar. Chunki Hazrati Qusamning otalari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amakilari Abbos bo‘lsalar, onalari – Payg‘ambarimizning qayinsingillari, Maymuna binti Horis roziyallohu anhoning singillari Luboba binti Horis bo‘ladilar.

Shuningdek, Qusam ibn Abbosning onalari Luboba binti Horis Payg‘ambarimiz alayhissalomning nabiralari hazrati Husaynni emizxganlari bois Qusam u zotning emikdosh akasi hisoblanadilar.
Bu mubrak zotning Qusam deb nomlanishlariga sabab, bu zot Payg‘ambarimiz alayhissalomning barcha xislatlarini o‘zlarida jamlagan edilar. Otalari Abbosdan o‘g‘lingizni nima uchun Qusam deb nomladingiz deb so‘raganlarida, u kishi “Qusam ko‘p hadiya qulguvchi degan ma'noni bildiradi” degan ekanlar.
Ibn Dihya aytadi: “Qusam”ning ikki ma'nosi bor. Birinchisi – berish, ya'ni ayamasdan ehson qiladigan inson degan ma'noda bo‘lsa, ikkinchisi, “Qasm” so‘zidan olingan bo‘lib to‘plash ya'ni o‘zida yaxshiliklarni jamlagan kishi ma'nolarni bildiradi.
Hazrati Abbosning (roziyallohu anhu) o‘n uchta farzandlari bo‘lgan. Bular Al-Fazl, Abdulloh, Ubaydulloh, Qusam, Ma'bad, Ma'ruf, Abdurrahmon, Ummu Habiba binti Abbos, Horis, Kasiyr, Tammom, Omina va Sofiya bo‘lib, Hazrati Qusam ushbu farzandlarning to‘rtinchisi bo‘lganlar.
Ibn Hibbon “As-Siqot” kitobida aytadilar: “Qusam ibn Abbos ibn Abdul-Muttolib ibn Hoshom al-Qurayshiy al-Hoshimiy – Fazl, Abdulloh, Ubaydulloh va Kasiyrning ukasi edilar”
Qusam ibn Abbosning tug‘ilgan yillari haqida tarixchi olimlarning turli fikrlari mavjud. Ba'zilar u kishi Payg‘ambarimiz Vafot etganlarida sakkiz yosh bo‘lganlar deyishadi. Anashunday shaxslardan biri Abu Tohirxo‘ja Samarqandiy “Samariya” asarida “Bir rivoyatga ko‘ra, hazrati Qusam hazrati Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning vafotlari vaqtida sakkiz yosh edilar”, deydi. Bunga ko‘ra hijriy 3 yilada (Milodiy 624) tug‘ilgan bo‘ladilar. (Ibn Foris fikricha, bu vaqtda shn bir yoshda edilar.) Tabariyning “Tarixur-rusal val mulk” kitobida hazrati Qusam payg‘ambarimizning nabiralari Husaynn tug‘ilgan yilda tug‘ilganlar deyiladi. Hazrati Husaynn hijriy 4-yil sha'bon oyining 5-kuni, milodiy 626 yilning 11 yanvarida tavallud topganlar. Sha'bon hijriy yilning 8-oyidir. Agar hazrati Qusam emishgan ukalari hazrati Husaynndan 8 oy oldin tug‘ilgan bo‘lsalar, hijiy 3 yilda (624) tug‘ilgan bo‘ladilar, agar ukishidan 7 oy katta bo‘lsalar, u holda haijriy 4 yilada (624) tug‘ilgan bo‘ladilar.
Hazrati Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam faqatgina o‘z farzandlariga va nevaralarini sevib qolmasdan boshqa bolalarni ham sevib, mehr berib muhabbatlarini ochiq ko‘rsatar edilar. Rasululloh Qusam ibn Abbosni ham juda yaxshi ko‘rara edilar. Qusamni quchoqlariga olib erkalatib o‘tirara edilar. Bir kuni onalari Luboba Hazrati Qusamni ko‘tarib Rasulullohni ko‘rgani borgalarida Rasululloh yosh Qusamni qo‘choqlariga oldilar. Shunda Hazrati Qusam Rasulullohni kiyimlarini ho‘l qilib qo‘ydi.

Shunda Luboba bolani Rasulullohdan tezlik bilan olganida Sarvari koinot “Sekinroq ol, Alloh rahm qilgur, bolajonimni urintirib qo‘yding-ku!” deganakanlar.
Hazrati Qusam 5-6 yosh paytlarida akalari Ubaydullo va Abdulloh ibn Ja'far bilan o‘ynab yurganlarida Rasululloh sallollohu alayhi vasallam ulov mingan holda kelib qoldilar. Shunda Rasululloh Abdulloh ibn Ja'far ko‘rsatib “Bu bolani menga ko‘tarib olib beringlar!” – dedilar. Uni olib oldilariga o‘tqazdilar, keyin Qusamni ko‘rsatib: “Buni ham menga ko‘tarib olib beringlar!” – dedilar. Qusamni olib orqalariga o‘tqazib qo‘ydilar. Qolaversa u yerda Qusamni akalari Ubaydulloh ham bor edilar. Lekin Rasululloh hazrati Qusamni ixtiyor etdilar. Bu ishlaridan ko‘rinib turibdiki, Rasululloh Qusamni yaxshi ko‘rganlar. Yaxshi ko‘rishlariga sabab, hazrati Qusam Payg‘ambarimizga ko‘rinish jihatdan ham, axloqiy jihatdan ham juda o‘xshaganlar.
Hazrat Abbos (roziyallohu anhu) go‘dak o‘g‘ilchalarini erkalaganda “Zul-karam”, ya'ni sohibi karam bo‘lgan, ulug‘ himmat sohibi bo‘lgan zotga – janob Rasululloh sollallohu alayhi va Sallamga o‘xshash ekanlarini zikr qilganlar.
G‘iyossidin Javhariyning aytishi bo‘yicha hazrat Qusam ibn Abbos Muhammad sallollohu alayhi vasallam payg‘ambarni vafot etgandan so‘ng yuvganlardan biridir. O‘sha chog‘da Qusam 8 yoshda bo‘lgan. Payg‘ambarimizni hadislarida aynan u kishi to‘g‘risidagi quydagi so‘zlari Qusam ibn Abbosni kirish eshiklarini peshtoqida yozilgan. “Qusam ibn Abbos o‘z xulqlari va tashqi ko‘rinishlari bilan menga o‘xshaydigan shaxslardandir” deyilgan.
Hazrati Ali (roziyallohu anhu) xalifa bo‘lgalarida, Umar (roziyallohu anhu) davrilaridan ber Shomda voliy bo‘lib turgan Muoviya ibn Abu Sufyon Alini xalifaliklarini e'tirof etmadi. Bunga chora ko‘rish maqsadida hazrati Ali Shomga borishga tayyorgarlik ko‘ra boshladilar va Shomga yo‘l oladilar. Madinaga esa Qusam ibn Abbosni (roziyallohu anhu) o‘zlarining o‘rniga o‘rinbosar qilib ketadilar.Ali (roziyallohu anhu) shu yurish asnosida Kufaga borib, Kufani o‘zlariga qarorgoh qiladilar. Qusam ibn Abbos Madinada qisqa vaqt Voliy bo‘lib turadilar. Ikki-uch oy o‘tib Ali (roziyallohu anhu) Qusmga bir maktub yo‘llab uni Makkaga voliy qilib tayinlaydilar. Ushbu maktubda Ali (roziyallohu anhu) Qusamdan Makkada Haj amirligi vazifasini bijarishlari lozimligini, odamlargani hajga tayyorlash, Alloh taolo muayyan kunlarda hajga buyurganini ularga eslatish, Makka ahli orasidagi bilimsiz kishilarga ta'lim berish, Makka shahrida muqim yashaydiganlardan zinhor to‘lov olmaslik zarurligini uqtiradilar va Haj surasining 25-oyatini keltiradilar: “Biz uni (Masjid al-Haromn) muqim va (xorijdan kelgan) musofir – barcha (mo‘min) insonlar uchun ziyoratda barobar qilib qo‘ygandirmiz....”. shunday qilib Hazrati Qusam hijriy 38 (milod 658) makka hokimi vazifasi bilan birga Haj amirligini ham bajarib turganlar.
Ali (roziyallohu anhu) shahid bo‘lganlaridan so‘ng Muoviya ibn Abu-So‘fiyon zamonida uning buyrug‘i bilan Xuroson hokimligiga tayinlangan urish boshliqlaridan Sa'id ibn Usmon ibn Affon ketidan Movorounnahrga keldi. Sa'id ibn Usmon ibn Affon yarash yo‘lida Samarqandni olib xalqni musulmon qildi. Dinni kuchaytirmoq va shariat hukmlarini yurguzmoq niyati bilan Qusamni bir necha Islom qo‘shini bilan Samarqandda qoldirdi. Uning bosh vazifasi Sug‘d diyorida Islomni targ‘ib qilish edi, bu esa osonlikcha kechmadi. Qadim Movorounnahr xalqi Zardushiylik dini otashparaslik diniga e'tiqod qilardi. Shu dinning kohin va afsungarlari o‘z dinlari ruhiyatiga islomni erkin singib borishiga yo‘l quymadilar. Ular maxalliy halklarni arablarga qarshi faol kurashga chorladi. Biroq Islom qarshiliklarni tabora yengib borib o‘lkaning ichkari qismini ishg‘ol qila boshladi. Lekin milodiy 677-yil g‘ayri dinlar shaharga hujum qildilar. Samarqand shahrining namozgohida Qusam jon chiqariga o‘q tegib shahid bo‘ldi va qutluq gavdasini Bonu-Nojiya qabristonida g‘or yoniga ko‘mdilar. Keng tarqalgan boshqa bir rivoyatda Said ibn Usmon Qusam ibn Abbos bilan birgalikda Usrushonani fath etmoq uchun yul olishib, Siyrakasga yetishganda ul yerda bir necha kun to‘xtab dam olishadi. Shu yerda janglarni birida Qusam ibn Abbos shahid bo‘ladi. Said ibn Usmon va lashkarlar u kishiga janoza o‘qishib mayit solingan tobutni shaharga jo‘natadilar.

Asrlar o‘tib Qusam ibn Abbosning qabrlari tepasiga maqbara, chillaxona, atrofida masjid va xonalar qurilib, Qusam ibn Abbos majmuasi hosil bo‘ldi. Uning kirish peshtoqida Muhammad (s.a.v.)ning quyidagi xadislari yozilgan: arab hoshimiy sulola, qurayshiy qabiladan, makkalik, madinalik bo‘lmish Payg‘ambar alayhissalom: “Insonlardan Qusam ibn Abbos tuzilishi va xulqi jihatidan menga eng xo‘p o‘xshaydi” dedilar. Unga kirishda 1404-1405 yillarda Eron ustasi Said Yusuf Sheroziy tomonidan ishlangan eshik o‘rnatilgan. Eshikda husunkor naqshlar chiroyli husni xatdagi hadislar bitilgan.Fil suyaklarida ijod qilingan hadis barchamiz uchun buyuk ma'no anglatuvchi yozuvlardan biridir.U quydagicha bayon qilingan “Jannat eshiklari faqirlar uchun ochiqdur” hamda “Olohning rahmati raximlilarga tushadi” deyilgan.Nihoyat eshik ortida yanada qadimiyroq XI-asrda ishlangan naqshindor minora qad roslab turibdi bu shundan dalolatki biz o‘tmishning eng ulug‘ san'at na'munalarini sahoba majmuasiga kurishida guvoh bo‘lamiz. Miyonxona sayyoh va ziyoratchilarni o‘ziga xos uslubda qurilgan xonalarga boshlaydi bular katta masjid, chillaxona, ziyoratxona hamda tug‘xonalardan iboratdir.Ularni har birini o‘ziga hos ziyorat qilish odoblari bor.
Go‘rxonaning asosiy binosi maqbara bilan bir vaqtda (XI asrda) qurilgan bo‘lib, devor orasida o‘ymakor pilakchalar terib panjara o‘rnatilagan.
Go‘rxonadaXIV asrning 80-yillarida Qusam ibn Abbos qabri ustiga yangi sag‘ana o‘rnatilib, u Temur davri sopol koshinlari bilan naqshinkor bezakda ishlandi.
Qabrning 2-3 chi pog‘onalarida Kur'oni karimning “Oli Imron” surasidan 169-171 oyatlar bitilgan. Ya'ni: “Olloh yo‘lida o‘ldirilganlarni aslo o‘liklar deb hisoblamang! Aslida (ular) tirik - Parvardigorlari huzurida (jannat ne'matlaridan) rizqlanib tururlar. (mazkur qatl etilgan shahidlar) Alloh o‘z fazli bilan ato etgan narsa (ne'matlar)dan xushnud, ortlarida (tirik) qolib, hali ularga qo‘shilmagan (g‘oziylar)ga (Qiyomatda) xavf va tashvish bo‘lmasligi haqida bashorat bergan holda (yashaydi).
Qusam ibn Abbosni vafot yil sanalari hijriyda 57, milodiyda 676 yil deb qabr ustida yozuv saqlangandur.
Majmuaning barcha xonalari so‘nggi ta'mir davomida asl holatida mohir ustolar tomonidan qayta ta'mirlandi kishilarni hayratga soluvchi naqsh va bezaklar davomiy devorlarni to‘ldirib halqimizning buyuk san'at namunalarini dunyo xalqlariga go‘zal holatda namoyon etdi. Bu oliyjanob ishda shaxsan O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov, viloyatimiz rohbariyati, mutasadi tashkilotlar hamda majmua ishchi xodimlari jonbozlik ko‘rsatib yodgorlik umriga, yoshiga va ko‘rinishiga chiroy baxshida etishdi.
 

 


 Samariddin Mirzayev - Samarqand shahar “Shohi Zinda” jome masjidi imom xatibi 


Kiritilgan vaqti: 29/06/2021 22:30;   Ko‘rilganligi: 1731
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/qusam-ibn-abbos-roziyallohu-anhumoning-hayotlari
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 18:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing