O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

QUR'ONI KARIMNING NOZIL BO‘LA BOSHLASHI

 
 

Makka. Xiro g‘ori. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom yolg‘iz ibodat qilmoqdalar. Shu choq Alaq surasining ayrim oyatlari nozil bo‘la boshladi. Bu Quroni Karim nozil bo‘lishining avvali edi! Quron shu tariqa Alloh taolo tomonidan o‘z bandalariga nozil etila boshladi! Qur'oni Karimning nozil bo‘lishi 23 yil mobaynida davom etdi.

Qur'on suralardan iborat. Sura Qur'oni Karimning bir bo‘lagi, u uch yoki undan ortiq oyatni o‘z ichiga oladi. Qur'oni Karimda 114 ta sura bo‘lib, har birining o‘z nomi bor. Bazi suralarning atalishi uning dastlabki so‘zlaridan olingan. Ayrimlariniki esa mazkur surada ko‘proq zikr etilgan narsalarning nomiga qo‘yilgan. Malumki, Muhammad alayhissalom o‘qish-yozishni bilmaganlar. U zot Qur'on oyatlarini farishtadan eshitib, yod olganlar va shundan so‘nggina musulmonlarga ularni o‘qib eshittirganlar. O‘sha kezlarda savodli kishilar vahiyni – Qur'oni Karimning ilk oyatlarini yod ola boshladilar. Hat-savodni egallagan Abu Bakr, Umar, Usmon, Aliy, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Kab singari zotlar Muhammad alayhissalom huzurlarida xurmo po‘stlog‘iga, yapaloq-yassi toshlarga, hayvon suyaklari yoxud terilarga Quron lafzlarini qayd etib borganlar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam har bir yangi oyatning qaysi suraga taalluqli ekanligini va o‘rnini dastlabki Islom kotiblariga tushuntirib berganlar. Quron suralari shu tariqa 23 yil asnosida yod olingan va xatga bitilgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning "Qur'on va sunnatdagi ilmiy mo‘jizalar" kitobidan,

Paxtachi tumani bosh imom-xatibi Isroil domla Amirillayev


Kiritilgan vaqti: 29/12/2021 14:43;   Ko‘rilganligi: 4031
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/quroni-karimning-nozil-bola-boshlashi
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 19:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing