O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Qiz bola tarbiyasi – millat tarbiyasidir

 
 

Qizlar tarbiyasi har bir onaning, har bir ilmli va ma'rifatli ayolni oliy maqsadlaridan biri hamda burchi va vazifasidir. O‘tmishga nazar tashlasak, onalarimiz qizlarni tarbiyalashdek go‘zal va ulug‘ vazifalarni bajargan va ular mana shunday vazifalari bilan jannat ayollarining eng afzali deyilganini bilamiz.

Xadicha, Fotima, Osiyo va Maryam (roziyollohu anho) onalarimiz hamda Uvaysiy, Nodirabegim, Bibixonimday onalarimizning ayol-qizlarimizni tarbiyalashdagi buyuk ishlari, sabr- qanoatlari biz uchun katta o‘rnakdir. Payg‘ambarimiz alayhissalom “Kimning uch qizi bo‘lsa, ularni joylasa, kifoyasini qilsa, o‘sha odamga jannat vojib bo‘ladi, dedilar. Shunda qavmning ichidan bir odam chiqib, Yo Rosululloh ikki nafar bo‘lsachi dedi? Ikki nafar bo‘lsa ham dedi.

Onalarimizning hayotiy tajribalaridan o‘rnak olgan holda qizlarimizga albatta birinchi o‘rinda mehr berishimiz, ularni kasb -hunarli qilishimiz kerak, ro‘zg‘or tutishda tozalikka, saronjom-sarishtalikka o‘rgataylik, turmush o‘rtog‘ini oldidagi vazifalarini bildiraylik. Kattaga hurmat, kichikka izzatli bo‘lishga chaqiraylik.

Farzand dunyoga kelar ekan, bolaligidan go‘zal tarbiya qilib, katta qilish onalarning burchidir. Ayol zoti go‘zal bir hilqatki birgina gul ayolni rozi qilsa, birgina so‘z uni halok qiladi. O‘ylab qarasak, qiz bola go‘dagligidanoq otasiga jannatdan bir eshik ochadi. Katta bo‘lganda esa erining iymonini to‘ldiradi, ona bo‘lganda esa jannat uning oyoqlari ostida bo‘ladi.

Payg‘ambarimiz alayhissalomning to‘rtta qizlari bo‘lib, ularni tarbiya qilib bizlarga o‘rnak bo‘lgan zotdir. Masalan:Fotima(r.a)onamizdek g‘ayratli, shijoatli, hayoli, odobi va sabr-qanoatlari biz uchun o‘rnakdir. Hadislarni o‘rganishdagi harakatlari bois sahobalar u kishini “Otasining  qizi” deb chaqirishlari bizni to‘lqinlantiradi. Shuning uchun o‘tmishda o‘tgan buyuk onalarimiz kabi qizlarimizni tarbiya qilaylik, siyrat kitoblarni o‘qib hayotimizga tatbiq qilaylik. Chunki bir qizni tarbiya qilsak, millatni tarbiya qilgan bo‘lamiz.

Sh.HAKIMOVA Oqdaryo tumani boshotinoyisi


Kiritilgan vaqti: 04/10/2023 16:06;   Ko‘rilganligi: 6148
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/qiz-bola-tarbiyasi-millat-tarbiyasidir
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:47
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing