O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Qaytar dunyo

 
 

Bismillahir rohmanir rohim.
O‘z otinoyilik faoliyatimdan kelib chiqib bir voqeani siz azizlarga aytib bermoqchiman.
Bir onaxon, "yoz bolam, men bir zamonlarda bo‘lgan hayotimni aytib beray" deb o‘zlari taklif etdilar.
~Cholim bilan sakkiz bolali bo‘lib tinchgina yashab o‘tdik.
Lekin bobong rahmatlini bitta xato aytib qo‘ygan gaplari,qaytar dunyo bo‘lib keldida, u bechorani bu dunyodan olib ketdi.
Boboyim biroz o‘jar, kolxozda suvchi, g‘o‘zalarni sug‘orish pallada uydan sahar ketib juda kech kelar edilar.
Agar bir achchiqlari chiqsa hech kim u kishini to‘xtata olmas edi.
Qo‘shni brigadda G‘ani degan oyog‘i oqsoq suvchi bola bor edi.

Bir kuni nima bo‘libdiyu, ikkalasi katta mirzaariqdan kelayotgan suvga talashib qolishibdi.
Cholim rahmatli suvni birinchi kelib ochganlari uchun, meni polyam to‘lguncha teginmaysan debdi. G‘ani bechora "Aka tushuning axir onam kasal tongda shaharga olib borishim kerak, men tonggacha sug‘orib olay, keyin suv xoxlagancha sizniki, desa ham, cholim ko‘nmabdi.
~Yoshingiz bir joyga borib qolgan bo‘lsa ham Xudoni tanimas ekansiz aka.
Bu gapni eshitgan cholim g‘azabi kelib
" suv kerak odam sudralib yurmay ertaroq kel edi, cho‘loq! "deb yuboribdi.
G‘ani bechora bir so‘z demay ketmonini yelkasiga ilibdida ketib qolibdi.
Oradan bir yil o‘tar o‘tmas, bobongni tinkasi qurib, og‘zi quriydigan bo‘lib qoldi.Duxtirga borsa saxarsiz debdi. Uyga juda xafa bo‘lib qaytgan cholim bir so‘z demay uyga kirib ketdi. Ikki uch oy o‘tib oyog‘idan shu o‘lgur kasalni yarasi bo‘lar ekan, boshmoldog‘idan shunaqa yara chiqdi.
Avval bosh barmoqni, gangren boshlanib bo‘lganakan, keyin tizzadan olib tashlashdi.
To‘rt oylar o‘tib yana suyak chirib oyoqni tepasidan kesishdi.
Men har oyoq kesilganda G‘anini eslayman, u kishiga aytolmayman, chunki o‘zi bo‘lari bo‘layotganda qanday qilib ayta olaman bolam.
Ikki yilda adoyi tamom bo‘lib, cholim meni tashlab ketdi.
Buni men aniq bilib turibman qaytar dunyoligini. Lekin sen yozib chiqar kitobingda, odamlar o‘qib, birovni dilini og‘ritish qanchalar og‘irligini, to‘lovi borligini bilishsin...
Momo boshqa gapira olmay yig‘lab yubordilar.
Dindoshlarim,bir qalbni bejizga Alloh muborak Ka'baga tenglamagan.
Tirikmiz, ogoh bo‘laylik.
Bir birimizga g‘animatmiz.
Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin.
Allohumma solli a'la sayidina Muhammad.

Xayriniso Ergasheva Ishtixon tumani otinoyisi


Kiritilgan vaqti: 27/11/2021 08:17;   Ko‘rilganligi: 1791
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/qaytar-dunyo
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 01:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing