O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Qarindoshlik aloqasini uzmang

 
 

Dunyo yaratilibdiki, barcha insonlar umri uzoq, rizqi ziyoda bo‘lishini xoxlaydi, Bu yo‘lda qo‘ldan kelgan barcha choralarni ko‘llaydi. Umri uzok rizqi faroq bo‘lishi uchun kimlardandir eshitgan tavsiyalarga amal qiladi. Usha aytilgan tavsiyalar taxminlar, befoyda narsalar yoki kimlarningdir o‘ylab topgan narsasi bo‘lib chikadi.

Insonlarning orzu - maqsadi bo‘lib kelayotgan o‘sha baxtga erishish mumkinmi? Butun bashariyatning eng rostgo‘yi, Allohning elchisi Muhammad alayhissalom vada qilib aytadilarki: “Kim Alloh rizqini ziyoda qilishini, ajali ortga surilishini xohlasa, Robbisiga taqvo qilsin va silai rahm qilsin”. Demak silai rahm Alloxga taqvo qilish barobaridagi ibodat ekan. Insonning umri uzoq - rizqi ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladigan asosiy omillardan biri ekan.

Silai rahm - qarindoshga yaxshilik qilish. Muqaddas dinimizda qarindoshga yaxshilik qilish faqat yaxshilik emas, balki ibodat sanaladi. Bugungi kunda savobni uzoq — uzoqlardan axtaradilar. Savobga erishish uchun nimalar qilish kerakligini qayta — qayta surishtiradilar. Ammo mehrga muxtoj qarindoshga yaxshilik qilishni hayoliga ham keltirmaydilar.

Qarindoshlar orasiga nifoq urug‘ini sochadigan xotinlarni ko‘p uchratish mumkin. Bunday xotinlarni g‘iybatchilar deymiz. Ammo o‘sha g‘iybatchi ayollarning gapiga laqqa tushayotgan erkaklarni nima deyish mumkin? “Akangiz unday dedi, opangiz bunday dedi” deb g‘iybatini boshlaganda, er: ‘4To‘xta! Usha sen yomonlayotgan odam mening akam yoki opam, u bilan bir qorindan talashib tushganmiz. U mening beshigimni tebratgan. Uning qandayligini sendan ko‘ra yaxshiroq bilaman, u menga o‘ttiz yildan beri aka”, deb to‘xtatadigan bo‘lsa, har qanday ayol ham gapini o‘ylab gapiradigan bo‘ladi.

Arazlashib yurgan aka - ukalarning o‘rtasini isloh qiluvchi ayollar ham bor. “Akangiz yoki opangiz juda yaxshi inson, ular bilan yaxshi munosabatda bo‘lishimiz kerak. Ular bilmasa Xudo bilsin, ular yomon bo‘lsa, siz yaxshi bo‘ling” deydigan oqila ayollarimizning umrlari uzoq bo‘lsin. Arzimaydigan sabablar bilan qarindoshchilik va silayi rahimni uzmaylik.

Saydullo domla Ro‘ziyev Kattaqo‘rg‘on shahar “Qoriravot” masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 06/10/2023 15:12;   Ko‘rilganligi: 626
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/qarindoshlik-aloqasini-uzmang
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:38
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing