Payg‘ambarlar va avliyolar bilan tavassul qilish Alloh taologa kufr keltirishmi?
Bu nom — garchi o‘quvchi uchun g‘arib tuyilayotgan bo‘lsada — yer yuzida bugun bor bo‘lgan insonlardan ushbu so‘zning ma'nosini aytadiganlari va biror payg‘ambar yoki valiy bilan tavassul qilib, Robbisidan ehtiyojini o‘tashini so‘ragan kishi ustidan qonini va molini muboh qiluvchi kufr, deya hukmlarini joriy qiladiganlari bor.
Biz bu insonlarning barchasiga sekin-asta payg‘ambarlar va avliyolar bilan tavassul qiladigan kishi ularni vasila qilib, Allohdan barorini keltirishini so‘ragan ehtiyojini payg‘ambar va avliyolar o‘taydi, deb e'tiqod qilmasligi va xayolining bir chetiga ham keltirmasligini aytamiz. Darhaqiqat, har bir tavassul qiluvchi kishi e'tiqod qiladigani, amal qiladigani va so‘zlaydigani shuki, ehtiyojlarning baroridan kelishi olamlarning Robbining izmidadir! Ehtiyojlarning baroridan kelishi Undan o‘zgasidan so‘ralmaydi va Undan o‘zgasi ehtiyojlarni o‘tay olmaydi. Yaratilgan mavjudotlarning birortasida mustaqil ravishda yaratish va paydo qilish ma'nosidagi ehtiyojlarni baroridan keltirish imkoniyati yo‘qdir. Bu musulmonlarning katta-yu kichigi, erkag-u ayoli, oqi-yu qorasi va sharqligi-yu g‘arbligining tutgan yo‘lidir. Ularning e'tiqodida Alloh taolodan boshqasida yaratish va paydo qilish imkoniyati yo‘qdir!
«G‘ovsul ibod bi bayonir roshad» kitobidan 56-B, Shayx Mustafo al-Hamomiy al-Hanafiy
Xayrullo domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari
Kiritilgan vaqti: 21/02/2022 07:50; Ko‘rilganligi: 763
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:01