O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

O‘ZGANING HAQQIDAN HAZAR QILAYLIK

 
 

Alloh taolo insoniyatni yaratgach, ularni Yer yuzida halol rizq talab qilishga amr etib, uning aksi bo‘lmish haromdan hazar qilishga buyurdi hamda halol va harom bo‘lgan narsalarni bayon qildi. Demak, har bir inson halol rizq talab qilishi bilan birga, birovning haqqidan hazar qilishi va o‘zgalarning molini nohaq yo‘llar bilan o‘zlashtirmasligi o‘ta muhimdir.

Zero, Alloh taolo Qur'oni karimda shunday degan: “Ey, imon keltirganlar! Mol-mulklaringizni o‘rtada nohaq (yo‘llar) bilan yemangiz!…” (Niso surasi, 29-oyat).

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam mol-dunyoni go‘zal yo‘l bilan talab qilish haqida shunday marhamat qilganlar: “Ey, odamlar! Allohdan qo‘rqing va mol-dunyoni go‘zal yo‘l bilan talab qiling. Har bir inson o‘zining rizqini mukammal olmaguncha, joni uzilmaydi. Unga belgilangan rizq biroz kechikishi mumkin, ammo baribir keladi. Shuning uchun Allohdan qo‘rqing va mol-dunyo talab qilishda go‘zal yo‘lni tanlang. Halolini oling, haromini tark qiling” (Imom Ibn Moja rivoyati).

Demak, hadisdan ma'lum bo‘lmoqdaki, kishi rizq yo‘lida ming harakat qilsa ham, Alloh taolo unga yozgan rizq-nasibasidan ortig‘ini qo‘lga kirita olmaydi.

H.Temirov O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi xodimi


Kiritilgan vaqti: 08/08/2023 10:29;   Ko‘rilganligi: 185
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/ozganing-haqqidan-hazar-qilaylik
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 02:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing