O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

O‘ZBEKISTON TINCHLIK YURTI

 
 

Vatanni sevish, xar bir insonni vazifasidir. Bugungi kunda internet tarmoqlarida ayrim ilmsiz johil kishilar tomonidan saylovga qatnashish kufr, unga qatnashmaslik to‘g‘risida turli xabarlar tarqatyapti. Aslida o‘zlariga raxbar tayinlash saxobalar davrida xam bo‘lib o‘tgan. Bunga misol Abu Bakr roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz solallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin, muhojir va ansorlar tomonidan saylanganlar.

Bu buzg‘unchi toifalarning da'vosi tarixda o‘tgan diniy-siyosiy radikal “Xavorij“ jamoasining fikriga o‘xshaydi. Xavorijlar islom tarixida musulmonlar jamoasidan ajrab chiqgan ilk toifa hisoblanadi. Xazrati Aliy roziyallohu anhuni xalifalik payitida Abu Muso ashariy roziyallohu anhuni Muoviya roziyallohu anhu bilan o‘rtalarini isloh qilishligi uchun hakam qilganlar. Shundan keyin Xavorijlar xazrati Aliy roziyallohu anhuni odamlar orasidan hakam belgilaganligida ayblashdi. Ular

Yusuf surasi 67-oyatni “Xukm qilishlik faqat Allohni O‘ziga xosdir”

Dalilini keltirishadi. Bu masalada Alloh taolo ularga vahiy nozil qilmaydi, chunki vaxiy to‘xtagan. Bu masalada Xavorijlar toifasi Allohning hukmi bilan hukm qilmadi deb, Islomdan ajragan ilk toifaga aylandi.

Dunyodagi barcha xalqlarning yurt taraqqiyoti, yorqin kelajagi va tinch osoyishta yashashi uchun o‘zlariga xalq manfaatini o‘ylaydigan raxbarni saylash xuquqiga yega. Agar xalq o‘zlariga raxbar saylashga beparvo bo‘lsa, o‘zlariga nomunosib shaxslar raxbar bo‘lib xalq va millatni tanazzuliga sabab bo‘ladi.

  Kunishov Ibodullo - Samarqand shahar “Qo‘shxovuz” jome' masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 23/10/2021 10:29;   Ko‘rilganligi: 527
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/ozbekiston-tinchlik-yurti
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 06:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing