O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

O‘tkinchi dunyo.

 
 

Inson dunyoga kelibdiki molu-dunyo yig‘ish, bola-chaqa orttirish, uy-joy qurish kabi ishlar bilan mashg‘ul bo‘lib umrini aksar qismi o‘tib ketganligini sezmay qoladi.

Aslida sizu bizning dunyoga kelishimizning asosiy sababi Alloh taologa ibodat qilish. Qolgan masalalar taqdiri  azalda qanday yozilgan bo‘lsa shunday joriy bo‘lib boraveradi. Ba'zilar uy joy qurishga ishtiyoqmand bo‘ladi. Hashamatli binolar qurib, dang‘illama darvozalar o‘rnatib, shu narsalarni kishilarga ko‘z-ko‘z qilishga, maqtanishga kirishadi. Yana ba'zilar uylari bitgandan so‘ng darvozasini tepasiga tikanmi yoki bir hayvonni bosh suyagini ilib qo‘yishadi. Insonni holini qarang, shuncha narsa qildingu, ziynat berib oxirida bir chirkin narsani ilib qo‘yganiga goh kulging keladi, goh aching‘ing.

Bir kishi Madinada bir uy qurdi. Uyni qurib bo‘lganida Abu Hurayra roziyallohu anhu uning uyi oldidan o‘tib qoldilar. Boyagi odam uyining eshigi oldida turib, “Ey Abu Hurayra, uyimning eshigiga nima deb yozib qo‘yay?” deb so‘radi. Abu Hurayra roziyallohu anhu unga: “Quraver, baribir buziladi. Bola chaqa qil, baribir bir kun ajralasan. Mol dunyo to‘pla, baribir merosxo‘rlarga qoladi”, deb yozib qo‘y” dedilar.

(Solihlar gulshani) kitobidan.

Alijon Yaqubov - Ishtixon tuman bosh imom xatibi.


Kiritilgan vaqti: 01/06/2020 08:41;   Ko‘rilganligi: 2840
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/otkinchi-dunyo
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 13:27
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing