O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

OILA - MUQADDAS QO‘RG‘ON

 
 

Hozirgi kunda eng dolzarb, eng og‘riqli ummat uchun qayg‘uli ishlardan oilani qadriga yetmaslik, nikohni o‘yinchoq bilish xolatlari tez-tez uchrab turibdi. Oila deganda albatta Shayton va uni xizmatchilari haqidagi xadis esimizga tushadi. Shayton o‘z taxtida o‘tirib yordamchilarini chorlab qilgan ishlari haqida hisob so‘raydi. Shaytonlardan biri aytadiki bir inson aroq ichmayman deb qasd qilgan ekan oldidan, yonidan orqasidan borib vasvasa qildim natijada Alloh harom qilgan aroqni ichdi deganda unga o‘zidan uzoqroq joyda o‘tirishini buyurdi.

Ikkinchi shayton aytdiki shunday vasvasa qildimki natijada ikki musulmon orasiga nizo, kelishmovchilik tushurdim dedi. Sen ham sheriging oldiga o‘tir dedi.Uchinchi shayton aytdiki men bir ayol va bir yerkakni bir-biriga shunday yaxshi ko‘rsatdimki natijada ular zino qildi dedi. Shayton unga ham uzoqroq joyda o‘tirishini buyurdi. Oxirida bir shayton kelib aytdiki men er-xotinni orasiga kirib chunonam vasvasa qildimki natijada er xotiniga taloq aytib oilasi buzildi deydi. Shunda shaytonlar kattasi oila buzgan shaytonni maqtadi, o‘zini yonidan joy berib o‘ziga yaqin oldi.Qolgan shaytonlar xafa bo‘ldi. Katta shayton ularga qarata: to‘g‘ri sizlar xam yaxshi ish qilgansizlar lekin oila buzish shunday ishki oilasi buzilgan odam aroqga ruju quyishi, zino qilishi, o‘g‘irlik qilishi, janjal qilishi mumkinku shuning uchun oila buzilishiga sababchi bo‘lgan bu shaytonni o‘zimga yaqin oldim deb aytar yekan.Ko‘rib turganingizdek oila buzilishidan faqat shayton xursand bo‘larkan.

Imom Muhammad Shavqoniy aytadilarki: Ba'zan bir kishini o‘z oilasi oldiga borganda insonlarning yomoni xayr-yaxshiligi kamrog‘i sifatida ko‘rasan. Oilasidan boshqalarga yo‘liqqanda yesa yaxshiligi ko‘prog‘i va muomalasi go‘zal xolda ko‘rasan. Kimki ana shunday bo‘lsa, albatta u tavfiqdan mahrum bo‘lgan insondir.

Haqiqatan biz o‘z oilamizga ho‘shmuomala bulishimiz kerak farzandlarimizga oila muqaddas, oila qadrli maskan ekanligini, Oila buzilshi ulkan gunoh ekanligini tushuntirishimiz lozim. Oila to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak nafaqat yoshlar kattalar ham keliniga, qudalarga sarpoing kam hech narsa olib kelmagansan deb janjal chiqarib oila buzilshiga sababchi bo‘lib qolmoqda. Har bir inson o‘z farzandlariga: qizidir o‘g‘lidir har kuni dasturxon boshida oila qadri haqida farzandlariga tushuntirib borilishi kerak. Tug‘ilgan kunlaridagi sovg‘aga qushib oila mustahkamligi haqidagi kitoblar sovg‘a qilishi kerak. Toinki oilalar buzilmasin farzandlar yetim bo‘lib qolmasin, jamiyatimizda kungli o‘ksik, oiladan nafrat qiladigan otasi yoki onasidan xafa bo‘lib yashaydigan farzandlar kamayarmidi.

Alloh taolo barchamizni oilalarimizni fayzli-barokatli qilsin Oilalarimizni o‘zgalarga ibrat qilsin.


Baqoyev Safoxon
Kattaqo‘rg‘on tumani "Xoja Abul Hasan Andoqiy" jome masjidi imom-xatibi 


Kiritilgan vaqti: 07/08/2023 16:28;   Ko‘rilganligi: 264
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/oila-muqaddas-qorgon
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 19:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing