O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Odamlar tasavvuf va suluk borasida «ifrot»¹ va «tafrit»² o‘rtasidadir!

 
 

Bir toifa tasavvuf va sulukni Qur'on va sunnatda asli yo‘q yangi paydo bo‘lgan bid'at, deb da'vo qilishadi. (Bu «ifrot»dir).

Boshqa bir toifa esa, tasavvuf va suluk - ushbu yo‘lni tutgan kishi uchun ochiladigan kashflar va mujdalar uchun qo‘yilgan nom, deb ishonishadi. Bunday holatlar va nafsiy tajribalardan din qasd qilingan, kim bularga amal qilsa, zohiriy shar'iy hukmlardan xalos bo‘ladi, deb e'tiqod qilishadi. Ba'zi ko‘z ilg‘amaydigan va noodatiy ishlar unda sodir bo‘lgan kishini yoki uyg‘oqligida yoki uyqusida undan ba'zi «kashflar» (masalan, odamlarning fikridagi narsani o‘qiy olish) zohir bo‘lgan kishini odamlar o‘zlariga o‘rnak va «imom» qilib olishadi. Bunday kishining aqiydasi qanchalik og‘gan bo‘lmasin yoki amallari va axloqlari qanchalik buzuq bo‘lmasin, unga e'tibor berishmaydi. (Bu esa, «tafrit»dir).

 «I'lou-s Sunan» asariga yozilgan muqaddimadan 1/19, Alloma Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh

¹ «Ifrot» - bir ishda haddan oshish va uni bo‘rttirib ko‘rsatishdir.

² «Tafrit» - bir ishga yengil qarash va u borasida beparvolik qilishdir.

Izoh: Har ikkala toifa ham tasavvufni to‘g‘ri anglay olmaslik sababidan maqsaddan chetga chiqishgan. Birinchi toifa bu ishga shiddat bilan qaragani uchun uning asli yo‘q bid'at, deyishga borgan bo‘lsa, ikkinchi toifa tasavvufni asl mohiyatidan chetga chiqib, uni karomatlarni zohir bo‘lishiga bog‘lab qo‘ygan xolos. Aslida esa, tasavvuf nafsiy poklanish va ruhiy ozuqa olish demakdir. Buning negizi mashhur Jibril hadisiga boradi. Alloh taoloni ko‘rib turgandek, ko‘ra olmasa ham, Allohning ko‘rib turganini bilgan holda ibodat qilmoqlikdir - tasavvuf!

Xayrulla domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 17/12/2021 08:14;   Ko‘rilganligi: 761
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/odamlar-tasavvuf-va-suluk-borasida-ifrot-va-tafrit-ortasidadir
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 11:40
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing