O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Odamlar omi kishidan emas, olimdan savol surashadi.

 
 

Ilm olayotgan odamning xolini mashakkatli saboklar yulini bosib utgan kishi yaxshi tushunadi. Ilmda fazilat kup. Bilganlar bilmaganlar bilan xech kachon teng bulmaydi. Ularning gap — suzida, fikr – muloxazasida fark yakkol seziladi. Odamlar omi kishidan emas, olimdan savol surashadi. Olim bilgan narsasini bilmadim desa, yolgon gapi uchun gunoxga botadi. Bilmagan narsasini «bilmayman» deb tan olishi esa komillik alomati. Chiranish, maxmadanalik kilish olimning martabasiga putur yetkazadi. Chinakam olimning makom – martabasi yuksak. Ilm kichik yoshli insonga xam vikor bag‘ishlaydi.

Ilm olish niyatga boglik. Ilm insonga shuxrat, obru keltiradi, birok ilm obru, shon – shuxrat uchun urganilmaydi.

   Paygambarimiz (s.a.v): «Kim ilmni turt narsa – ilmi bilan olimlar orasida faxrlanish uchun, axmoklar bilan tortishish uchun, odamlarning e'tiborini kozonish uchun va amirlardan mol, obru, xurmat olish uchun urgansa, duzaxga kiradi», dedilar.

   Buyuk olimlar xar doim takabburlikdan uzok bulishgan, kamtarlikka intilishgan. Biror masala surab kelganlarga bilsa, javob bergan, bilmasa, uzrini aytgan. Donishmandlardan biri ilmlarni urgangani sari o‘zining xech narsa bilmasligini anglab borayotganini e'tirof etgani aytiladi.

   Ilm beruvchi ustoz kimga ilm berayotganini, shogirdining kobiliyatini, imkoniyatini anglagani ma'kul. Bulmasa, shur tuprokka urug sochgandek, mexnatlari natijasiz kolishi mumkin.

   Paygambarimiz (s.a.v)dan:  «Odamlarning kaysisi yomon?» deb so‘rashdi. U zot (s.a.v) aytdilar: «Buzulgan olim».  Bu xolatda ofat bor. Chunki olim buzulsa, buning okibatida olam buzuladi.

   Ba'zi vaktlarda guvoxi bulamizki, uzlarini olim sanab yurgan chala savodlar, ilmli insonlar bir lavozimga o‘tirib kolsa shularga xasad kilib kulatishni payida yuradilar. Bu narsa buzulishdir. Allox taolo bunday insonlarga insof, tavfik va xidoyat bersin.

H.Temirov O‘MI - Samarqand viloyat vakilligi xodimi


Kiritilgan vaqti: 19/02/2024 09:38;   Ko‘rilganligi: 155
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/odamlar-omi-kishidan-emas-olimdan-savol-surashadi
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 14:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing