NURCHILIK
Tashkilot nomi. ”Nurchilik” (turkcha-Nurculuk) diniy-fundamental harkat. Xalq tilida “Nurchilar” degan nom bilan ham mashhur.
Asoschisi va yuzaga kelish tarixi. “Nurchilik” harakatining asoschisi Turkiyaning Bitlis viloyatidagi Nursa qishlog‘ida tug‘ilgan Said Nursiy (1876-1960) bo‘lib, “Badiuzzamon” (arabcha-zamonaning buyugi, benazir) laqabi bilan tanilgan. Harakat uning asoschisi tomonidan XX asirning 20-yillaridagi Turkiyadagi siyosiy va diniy vaziyatning o‘zgarishi tasirida, xususan Usmoniylar xalifaligi ag‘darilgandan keyin hokimyat tepasiga kelgan Mustafo Kamol Otaturkning dunyoviy davlat tuzishiga muxolif ravishda shakillantirilgan. Said Nursiy Turkiya Respublikasi konstitusiyasiga tahdidi va shariatga asoslangan davlat tuzishni uyushtirishda ayiblanib, 23 yil davomida qamoqda saqlangan.
Tashkilot g‘oyalari. Harakat o‘z faoliyatida Said Nursiy tomonidan yozilgan, uning talqinidagi Quroni karim oyatlari sharhlari va diniy ko‘rsatmalarini o‘z ichiga olgan “Risolai Nur” kulliyotida bayon etilgan g‘oyalarga asoslanadi hamda undan boshqa barcha manbalar inkor etiladi. “Nurchilar” Turkiyaning amaldagi davlat tuzumi o‘rniga islom shariatiga muvofiq qonun-qoidalarni joriy qilish orqali g‘arazli maqsadlarga yetishni ko‘zlaydi. Keyingi bosqichlarda, go‘yoki turkiyzabon davlatlarni Turkiya soyasida birlashtirib, “islomiy davlat”ni barpo etish g‘oyasi ilgari suriladi. Bunda harakat rahnomasi Fathulla Gyulenning “Butun Yer yuzi Allohning mulki, uni bu meniki, bu seniki, deb bo‘lib olishga hech kimning haqqi yo‘q” degan fikr ostida boshqa xalqlarni Vatan tuyg‘usidan ajratib, ular ustidan hukimronlik o‘rnatish ko‘zlanadi.
Z.Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)
Kiritilgan vaqti: 05/12/2019 20:50; Ko‘rilganligi: 7262
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 15:33