O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

“Nurchilar”ning g‘oyaviy izdoshlari, safini kengaytirsh uslublari

 
 

Harkatning mutasaddilari tomonidan bevosita targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish bilan birga tarafdorlariga diniy ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar berish, g‘oyaviy izdoshlar safini kengaytirsh yo‘lidagi harakatlarini muvofiqlashtirish, mahalliy hukumat va boshqaruv organlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga ham alohida etibor beriladi.

Shu bilan birga, hududlardagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat haqidagi malumotlar to‘planib, tahlil qiliniadi va shundan kelib chiqib, faoliyat uslublariga zarur o‘zgartirishlar kiritiladi. O‘z g‘oyalarini targ‘ib qilish, g‘arazli niyatlarni amalga oshirishda Nurchilareng samarali yo‘l sifatida talim sohasiga alohida etibor berib kelmoqda. Bu harakat tomonidan o‘z tuzoqlariga, asosan, yoshlarni ilintirish va shu yo‘l bilan faoliyat olib borayotgan mamlakatlarning istiqboliga egalik qilishdek maqsad ko‘zlanayotganini ko‘rsatadi.

         Malumotlarga ko‘ra, Turkiyada Nurchilikhomiyligida 103 ta litsey, 460 ta o‘quv kursi va 500 ga yaqin yotoqxonalar tashkil etilgan. Germaniya, Shveysariya, Niderlandiya, Yaqin Sharq va Afrikada ko‘plab maktab va litseylar faoliyat ko‘rsatmoqda. 1990-yillar boshlarida turkiyzabon xalqlar yashaydigan Kavkazorti davlatlari va Rossiyada paydo bo‘lgan Nurchilar tomonidan 370 dan ortiq litsey ochildi. Umuman olganda, 87 mamlakatda tashkil etilgan o‘quv dargohlari uchun yiliga millionlab dollar ajratilayotgani esa bu yo‘lda mablag‘ hech ayalmay sarflanayotganini ko‘rsatadi.

         Strukturasi. Hozirgi kunda harakat bir nechta tarmoqlarga bo‘linib ketgan bo‘lsa-da, Nurchilarning rahnamosi sifatida Fathulla Gyulen etirof etiladi. Harakat faoliyati doimiy taqib ostida bo‘lgani uchun  uning azolari maxfiy faoliyat ko‘rsatishga urinadilar. Nurchilaro‘zlarining g‘arazli maqsadlarini fosh qilmaslik nuqtai nazaridan harakat ichida xavfsizlik xizmatini joriy qilgan.

Zayniddin Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)

        


Kiritilgan vaqti: 14/12/2019 10:18;   Ko‘rilganligi: 1366
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/nurchilarning-goyaviy-izdoshlar-safini-kengaytirsh-uslublari
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 18:36
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing