O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Nur-Sulton shahridan maxsus xabar: Muftiy Nuriddin domla hazratlari xalqaro anjumanda qatnashish uchun yetib keldilar

 
 

2021 yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari Qozog‘istonda o‘tkaziladigan “Mustaqil Qozog‘iston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun Nur-Sulton shahriga yetib keldilar. Muftiy hazratlarini Qozog‘iston muftiysi noibi Sansizbay domla Qurbonov, Chimkent bosh imom-xatibi Bakdaulet domla Abdirahmanov, Chimkent noib imomi Bekaidar Kimbatovlar kutib olishdi.

Bugun kunning birinchi yarmida Muftiy Nuriddin domla hazratlari Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiy, Navro‘zbay hoji Tag‘anuli janoblari bilan o‘zaro muloqot o‘tkazishlari reja qilingan. Kunning ikkinchi yarmida esa Nur-Sulton shahrida joylashgan “Rixos President” mehmonxonasida “Mustaqil Qozog‘iston va Islom qadriyatlari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etib, nutq so‘zlashlari kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu nufuzli tadbirda Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Shayx Ravil Gaynutdin, Rossiya musulmonlari Markaziy diniy idorasi raisi, Shayx-ul Islom, muftiy Talgat Safo Tajuddin, Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Zamir hoji Rakiyev, Tojikiston islom markazi raisi, muftiy Saidmukarram Abduqodirzoda hazratlari, Mo‘g‘iliston musulmon tashkilotlari ittifoqi raisi Hadis Botirbek hoji, Qozog‘istondagi “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti rektori Muhammad ash-Shahhat al-Jindiy singari Islom olamining martabali ulamolari, muftiylari, ekspertlari va mahalliy yirik din peshvolari qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Xalqaro anjuman faoliyatini sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali kuzatib boring.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 25/11/2021 10:24;   Ko‘rilganligi: 1044
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/nur-sulton-shahridan-maxsus-xabar-muftiy-nuriddin-domla-hazratlari-xalqaro-anjumanda-qatnashish-uchun-etib-keldilar
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 03:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing