O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Namozdan keyingi duo xaqida

 
 

Namozdan keyin qilinadigan duo masalasi ham bemazxablarning ixtilof chiqarish uchun ishlatadigan sevimli qurollaridan biriga aylangan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Chunki ular bu masalani tez-tez qo‘zg‘ab turishni o‘zlariga vazifa qilib olganlar. Bemazxablarning bu masalaga qattiq yopishib olishlariga sabab bo‘lgan omillardan biri, mazxabga ergashadigan barcha mo‘min-musulmonlarning bu masalada kuchliroq raddiya bera olmagani sabablidur. Ushbu muammoning asosini tashkil etgan “namozdan keyingi duoni farzdan keyin qilinadimi yoki sunnatdan keyin?” degan savolga xanafiy mazxabimizda qoyilmaqom javob allaqachon berilgandir. Chunki bemazxablar, mazxabni tutgan ulomolar bilgan nozik sirlarni bilishmaydi. Mazxabni tutgan ulomolarimiz esa, xar bir ishdagi kabi, bu masalada xam xamma tarafni puxta o‘rganib, barcha nozik tarflarini xisobga olib xukm chiqarganlar. Namozdan keyin qilinadigan duoni qachon qilsa to‘g‘ri bo‘lishi xaqidagi javob doktor Vahba Mustafo Zuxayliy (r.a)ning “Al-Fiqxul Islamiyyu va adillatuhu” nomli asarida kelgan bo‘lib, unda bu xaqda quyidagilar aytiladi: “Namozdan keyin zikr va ma'sir duoni (Salafi solihlardan naql qilingan duolar) qilish Bomdod va Asr namozlariga o‘xshash ortida sunnati yo‘q namozlarda farzdan keyin, Peshin, Shom va Xufton namoziga o‘xshash ortida sunnati bor namozlarda sunnatdan keyin sunnatdir.Chunki, istig‘for namozning nuqsonini to‘ldiradi”. Demak xanafiy mazxabida esa, sunnat namozlar farzlarni to‘ldiruvchi xisoblanadi va shuning uchun, sunnatni xam o‘qib olgandan keyin, namozning nuqsonlari xam to‘lib, duo qabul bo‘lish xolati mukammal bo‘lgandan keyin duo qilinadi.

Bizning xanafiy mazxabiga amal qilib kelayotgan barcha mo‘min-musulmonlar, o‘z namozlari-yu, duolarining mukammal va to‘g‘ri bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarini ishga solib o‘rganishadi va ibodatlarini shariatimizga muofiq ado qilishga xarakat qiladi.

Abrorov Jahongirxon manbalar asosida tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 23/12/2021 08:54;   Ko‘rilganligi: 1061
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/namozdan-keyingi-duo-xaqida
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 19:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing