“MUSULMON BIRODARLAR” ekstremistik tashkiloti faoliyat uslublari.
“Musulmon birodarlar” o‘z tarixida bir necha bosqichlarini bosib o‘tgan. Dastlab “Musulmon birodarlar” tashkiloti o‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan ko‘p sonli mayda “islomiy” guruhlardan biri hisoblanar edi.
Shuning uchun Hasan al-Banno o‘z targ‘ibotlarini odamlarga kengroq yoyish maqsadida, Misrning bir qancha shaharlariga safar uyuishtirgan. Keyinchalik esa turli shahar va mintaqalarga o‘zining vakillarini yuborgan. Bunday safarlar natijasida, qisqa vaqt ichida, yani 1930-yillar oxiriga borib, mamlakatning deyarli barcha mintaqasida tashkilotning bo‘limlari faoliyat yurita boshlagan.
Moliyaviy manbalari. “Musulmon birodarlar” tashkiloti tashkil etilganidan, to hozirgi kunga qadar turli moliyaviy manbalar hisobiga faoliyat yuritadi. Jumladan, tashkilotning a'zolik badallari, uning ochiq faoliyat yurituvchi bo‘limlaridan tushadigan daromadi va turli mamlakatlardagi ba'zi jamg‘armalar tomonidan maqsadli ravishda ajratiladigan mablag‘larni aytish mumkin.
Harakatga a'zolik. “Musulmon birodarlar”ga a'zo bo‘lib kiradigan yangi shaxs Allohning nomi bilan harakat safiga boshqalarni da'vat qilish, tashkilot talablarini so‘zsiz bajarish, uning rahbarlariga ikkilanmay ishonish, harakatning eng katta amiriga bo‘ysunish haqida qasam ichadi.
Zayniddin Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyati vakili (manbalar asosida)
Kiritilgan vaqti: 26/12/2019 10:35; Ko‘rilganligi: 1668
Chop etilgan vaqti: 08/02/2025 01:10