O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Mustaqillik – ulug‘ nemat

 
 

Mustaqillik, ozodlik, xurriyat – bu tushunchalarni to‘la his etish, shukur qilish va qadriga yetish lozimligini mustabit tuzumning alamli davrlarini boshidan kechirgan xalqimiz bugungi yoshlarga nasixat qilib kelmoqdalar. Mustakillikdan oldin O‘zbekistonda sanoqli masjidlar bo‘lib, ularda ham faqat yoshi keksa odamlar kelib nomoz o‘qishardi.O‘sha vaktlarda masjiddagi sharoitlar zamon talablariga javob bermas edi.

Odamlar Hayit nomozlarini yashirincha qabristonlarda, birovlarning uylarida o‘qishar edi. Kommunistik partiya a'zosi bo‘lgan kishi ziyorat joylarga borishi, ro‘za tutishi, hatto yaqinlarining janozasida qatnashishi ham mumkin emas edi. Ularni partiyadan o‘chirib, ishdan bo‘shatishar edi. Maktablarda ro‘za vaqtlarida hamma bolalarga majburan suv ichirilar edi. Haj va zakot haqida umuman tushuncha yo‘q edi. Xayru-saxovat, savob, gunoh kabi insoniy qadriyatlarni eskilik sarqiti deb baholab, bu xaqda gapiradigan insonni qoloqlikda ayblardi. Sho‘rolar davrida bitta Toshkent Islom Instituti va Buxorodagi Mir arab o‘rta maxsus madrasa bor edi xolos. O‘qish nixoyatda mashqqat edi. 15 ta respublikadan 15 nafar talaba o‘qishga qabul qilinar edi. Yana xam katta muammolardan biri kitob va boshqa o‘kuv qurollari yetishmas edi. Kitoblarni navbat bilan ko‘chirib olishlik va domlalarni yetishmovchiligi bilim olishga ancha kiyinchilik tug‘dirar edi. Paxta terimi vaqtida kuniga 60 kilogrammdan kam paxta tergan talabani o‘qishdan haydash sharti qo‘yilar edi.

Mustakilligimizning dastlabki yillaridayoq jamiyatimizda daxriylik targ‘ibotiga barham berildi. Hozirgacha ikki mingdan ziyod masjidlar ochildi. Ularda oliy va o‘rta maxsus ma'lumotga ega imom xatiblar xizmat qilmoqdalar. O‘ndan ziyod  oliy va o‘rta maxsus madrasalar fa'oliyati yo‘lga qo‘yildi.  Madrasa talabalari shinam yotoqxonalar va o‘quv xonalari va malakali ustozlar, barcha darsliklar, o‘kuv qo‘llanmalari, kompyuter va internet aloqalari bilan taminlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida bir nechta nashriyot tashkil etilgan bo‘lib, unda Hidoyat, Mo‘minalar jurnallari  va Islom nuri gazetasi doimiy chop etilmoqda. Bir necha bor Qur'on Karim va Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning hadislari o‘zbek tiliga tarjima va tafsir qilindi. Jahon Islom madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan Imom Al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘iloniy, Ahmad Farg‘oniy, Xoja Ahrori Valiy kabi ulamolarimiz qo‘nim topgan muqaddas joylarda zamon talabi asosida qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.  Ramazon oyiga hukumat darajasida alohida ehtirom va e'tibor bildirilmoqda. Ikki hayit kunlari davlat miqyosida bayram sifatida dam olish kunlari deb belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston fuqorolari muborak Haj safariga borishga musharraf bo‘lmoqdalar. Ayniqsa keyingi yillarda yangi O‘zbekiston jahonga yuz tutdi va Jahon O‘zbekistonga boshqacha e'tibor bilan qaramoqda. Vijdon erkinligi va diniy e'tiqod masalalariga e'tibor kuchaydi. Xalqaro Islom Akademiyasi, xalqaro hadis ilmi markazi ochilib, buyuk diniy-madaniy merosimizni o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish borasida katta qadam qo‘yildi. Fiqh, aqoid va tasavvuf maktablari tashkil etildi. Alloh taolo shukur qilgan bandalariga o‘z ne'matlarini yanada ziyoda etishini va'da qilgan ekan, har birimizni bugungi ulug‘ kunlarga shukr qiluvchi bandalaridan qilsin. Alloh taolo mustaqilligimizni abadiy aylasin.

Urgut tumani bosh imom xatibi hoji Shodi Haqberdiyev


Kiritilgan vaqti: 31/08/2021 11:22;   Ko‘rilganligi: 612
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/mustaqillik-ulug-nemat
Chop etilgan vaqti: 27/04/2024 03:06
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing