O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Muqaddas islom dinini niqob qilmang!

 
 

Muqaddas dinimiz ezgulik dini bo‘lgan Islom dini kishilarni tinchlik va barqarorlikka,

 o‘zaro birlik va hamjihatlikka, bag‘rikenglikka, millatlararo totuvlikka targ‘ib qiladi. 

Biroq bugungi kunda muqaddas dinimizdan o‘zlarining manfur va g‘arazli maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida foydalanish hollari ham avj olib borayotganini afsus bilan qayd etish lozim. Din niqobi ostidagi ekstremizm va terrorizmning global tahdidga aylangani ham shunday xulosaga kelishiga imkonini beradi. Bu jarayonning eng xatarli jihati muqaddas islom dinni siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan insonlar orasiga nifoq solish, fitnalar chiqarish, qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g‘arazli manfaatlarni ruyobga chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda.Tarixdan ma'lumki, Markaziy Osiyo mintaqasi islom ilmlari, ma'rifati va madaniyati rivoj topgan markazlardan biri sifatida asrlar davomida musulmon madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shib kelmoqda. Bu esa turli buzg‘unchi turli radikal oqimlar, guruhlar va to‘dalar o‘zlarining ekstremistik vayronkor g‘oyalarini mintaqamiz aholisi ongiga singdirish maqsadida intilayotgani tasodif emasligini ko‘rsatadi va bundan ogoh bo‘lishimizga undaydi. Xususan, turli yovuz niyatli ekstremistlar tomonidan ishlab chiqilgan va ilgari surilgan vayronkor va nafratli “g‘oyalar” bugungi zamonaviy voqelikda o‘zidan dahshatli vayronagarchilik qoldirib, mudhish qiyofasini namoyish etmoqda.

Olimlarning tadqiqlariga ko‘ra zamonaviy ekstremistlar tomonidan ilgari surilayotgan “da'vatlar” (“hijrat”, “jihod” va “shahidlik” ) turli yo‘l, usul va ijtimoiy psixologik omillarga jiddiy e'tibor bergan holda yilar davomida aniq reja bilan tizimli ishlab chiqilganini ko‘rsatadi. Ular o‘zlarining manfur g‘arazli g‘oyalarini ilgari surishda “hijrat” va “shahidlik”ga targ‘ib qilib, shu uslublardan foydalanmoqdalar.

So‘nggi vaqtlarda internet tarmog‘ida juda ko‘plab “jihodni vojibligi” hamda “hijrat” qilish haqida turli fitnalar, asossiz gap-so‘zlar, nayranglar ko‘payib borayotganligini, bunday fitnalarga g‘alamis kimsalarning yovuz niyatlariga aldanmasliklari uchun mazkur tushunchalar haqida quyidagilarni ma'lum qilishni lozim topdik.

Bunday kimsalar muqaddas islom dini shiorlaridan noto‘g‘ri tarzda foydalanib musulmonlarga juda katta zarar yetkazmoqdalar.

Bu tushunchaga juda xassoslik va o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondoshmoqlik muqaddas dinimizning ham davrimizning ham talabi va taklifi ekanligini takror-takror eslatib o‘tish maqsadga muvofiqdir..

Chunki maqsadi buzuq shaxslar “hijrat” qilishga chorlaganda hijratning mohiyatiga yetmasdan juda katta xatoga yo‘l qo‘ymoqdalar.


Jahongirxon Abrorov manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 13/11/2021 07:20;   Ko‘rilganligi: 515
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/muqaddas-islom-dinininiqob-qilmang
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 09:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing