O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Mumtoz tasavvuf va zamonaviy tariqatchilik (3-davomi)

 
 

Shu bilan birga soxta tariqatchilarning ajralib turuvchi jihatlari haqida so‘z borganda, ularni birma-bir sanab chiqish ham mumkin. Farg‘ona vodiysi, ayniqsa, Qo‘qon va uning yon-atroflarida faoliyat yurituvchi tariqatchilar orasida bir qator noan'anaviy amallar kuzatiladi:

  • tahajjud namozini o‘qish farz (yoki vojib), deb bilish;
  • shukri vuzu (tahorat olgandan so‘ng shukr namozi) namozini qaysi vaqtda bo‘lsa ham o‘qib olish zarur, deyish;
  • pirga qo‘l berganning oldingi gunohlari kechiriladi, qazo bo‘lgan (o‘qilmagan) namozlari zimmasidan soqit bo‘ladi, deb bilish;
  • tariqatchilardan boshqa kishilarning to‘y marakalariga bormaslik;
  • rasmiy imomlarning ma'ruzalarini mensimaslik.

Bundan tashqari ayrim muridlar tomonidan ham mutaassibona xatti-harakatlar namoyon bo‘layotgani ma'lum:

  • pirning tahoratidan ortgan suvni tabarruk deb bilib ichish;
  • pirning uyi tomonga oyoq uzatish qiblaga oyoq uzatishdek gunoh bo‘ladi, deb bilish;
  • doimiy katta salla, uzun oq ko‘ylak va maxsi-kovushda guruh-guruh bo‘lib yurish.

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan tariqatchilardan ayrimlari masjidlarda soqolsiz va sun'iy (tilla va sariq) tishlar qo‘ygan imom-xatib va noib imomlar faoliyat ko‘rsatayotganligi, bu holat esa islom diniga zidligi, aksincha ular o‘rniga barcha masjidlarda soqol qo‘ygan dindorlardan imom saylash lozimligini targ‘ib qilib, o‘zlari ham soqolsiz, sun'iy tish qo‘ygan imom xatiblar faoliyat olib borayotgan masjidlarga bormaydilar.

Jizzax va Samarqand viloyatlaridagi ayrim tariqatchilar orasida quyidagi noo‘rin holatlar ko‘zga tashlanadi:

  • jamoat joylarida uzun beo‘xshov soqollar qo‘yib olib, guruh-guruh bo‘lib yurish;
  • barcha oila a'zolarini ham o‘z pirlariga xizmat qilishga majbur qilish;
  • televizor, radio kabi axborot vositalaridan foydalanishni man qilish;
  • o‘z voyaga yetmagan farzandlarini amaldagi qonun hujjatlarini qo‘pol ravishda buzgan holda, davlat majburiy ta'limidan ajratib olib, pirlar qo‘lida diniy ta'lim olishga berish;
  • yashash joylarida oddiy xalq bilan umuman muloqot qilmaslik;
  • tilla tish qo‘ygan yoki soqolini qirdirgan imomga iqtido qilish nojoiz deyish kabi holatlarni ko‘rish mumkin. (Davomi bor) 

 “Islom ma'rifati va hozirgi zamon” kitob asosida Z.Eshonqulov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 09/06/2020 09:52;   Ko‘rilganligi: 1323
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/mumtoz-tasavvuf-va-zamonaviy-tariqatchilik-3-davomi
Chop etilgan vaqti: 18/02/2025 08:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing