O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Mujtahid nima

 
 

So‘ngi yillarda ekstremistik va terrorist guruxlar o‘z xaraktlarini "Shar'iy"deb isbotlash uchun o‘zlarini "mujtahid" deb e'lon qilib, turli xil manfaatlarini ko‘zlagan holda "fatvolarni" chiqarib kelmoqda.

Bu bir tamondan, insonlarni adashtirib noto‘g‘ri yo‘llarga kirib ketishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tamondan, jamiyatda o‘zaro tushinmovchilik, adovat kayfiyatining paydo bo‘lishiga zamin yaratmoqda. Shu o‘rinda, mujtahid kim, mujtahid darajalari, fatvo nima, uning tarixi, uni kimlar berishga xaqli ekanligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish  maqsadga muvofiqdir.

"Mujtahid" so‘zi lug‘atda "tirishqoq" degan ma'noni bildiradi. Shar'iy istilohda esa, mujtahid deb Qur'on, sunnat va boshqa shariat manbalari asosida hukum chiqara oladigan kishiga aytiladi. Ulamolar kishi mujtahid darajasiga yetishi uchun Qur'oni karim, undagi hukmiy oyatlar ma'nosi va uning shar'iy hukmini, hukmiy hadislar hamda ularning ma'nosi va hukmini yaxshi bilish, shuningdek, Qur'on ilmlarini chuqur o‘rgangan bo‘lishi, Fiqxiy masalalarni yoddan bilishi, arab tili grammatik qoidalari bilan bir qatorda balog‘at va fasohat kabi unga doir bo‘lgan ilmlarni ham o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim, deb takidlashadi.

 Bobobek Abduraximov "Koraboy oksakol" jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 04/02/2023 11:08;   Ko‘rilganligi: 550
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/mujtahid-nima
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing