O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Moturidiylik ta'limotida iymon masalasi (5-maqola)

 
 

Olimlar tomonidan gunohi kabira qilgan kishining iymoni masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Ya'ni unga ko‘ra gunohi kabira qilgan kishining iymoni gunoh qilmagan kishi bilan bir xil bo‘lishi, balki u bu bilan imkoni yo‘q bo‘lib, zavol topmasligi, faqat gunohi uchun gunohkor bo‘lishi aytilgan. Hamda bu borada quyidagi xulosalar o‘rinlidir: Moturidiya ta'limotiga ko‘ra kufr iymonning ziddidir. Kufr iymonni yolg‘onga chiqarish va undan yuz burishdir. Bu ikkisi qalbda bo‘ladi. Iymon bilan kufrning bir biriga zidligi ham shundadir.

Abu Lays Samarqandiy ham o‘z tafsirida bu borada to‘xtalib dalillar asosida shunday deydi: “Ahli sunna val jamoa e'tiqodida gunohi kabira mo‘min kishining iymonidan chiqarmaydi”.

Xulosa qilib aytganda, hanafiylik-moturidiylik ta'limotiga ko‘ra iymon shartlari sifatida dil bilan ishonish, til bilan tasdiqlash asosli ravishda o‘rnatilgan bo‘lib, amallar uning shartiga kiritilmagan. Bu bilan kishilar orasida iymon e'tiqodda tafovut bo‘lmasligi barcha mo‘min muslmonlarning bir birlariga bag‘rikenglik totuvlik bilan munosabatda bo‘lilariga hamda bir birlarini kufrda ayblamasliklari uchun muhim asos vazifasini o‘tab kelmoqda. Ushbu qarash Qur'on va sunnani to‘g‘ri anglash asosida ishlab chiqilgan e'tiqodiy masaladir.

Zayniddin ESHONQULOV - O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 19/02/2020 14:46;   Ko‘rilganligi: 941
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/moturidiylik-talimotida-iymon-masalasi-5-maqola
Chop etilgan vaqti: 18/05/2024 18:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing