O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Moturidiylik ta'limotida iymon masalasi (4-maqola)

 
 

Shu tarzda Qur'onda zikr etilgan “iymonlari ziyoda bo‘ldi” oyati sharhini imom Moturidiy va uning izdoshlari va barcha hanafiylik olimlari to‘g‘ri anglash lozimligini ta'kidlashgan. Ma'lumki, boshqa oqim va toifalar iymon ziyoda bo‘lishi mumkinligi hamda uning noqis bo‘lishi mumkinligini ta'kidlashgan. Hamda iymonning ziyoda bo‘lishi Qur'onda zikr etilgan ekan, demak unoqis bo‘lishi mumkin, degan qoidani ishlab chiqishgan. Aslida bu oyat iymonning o‘zi aynan ziyoda va noqis bo‘lishiga dalolat qilmasligi, ziyodalik, ya'ni oldingi holatdan keyingi holatga o‘tishni tabiatdagi o‘sish jarayonidagi kabi bo‘lishi mumkinligi olim tomonidan zikr etilgan.

Hamda Abul-Mu'in an-Nasafiy o‘zining “Tabsirat al-adilla” asarida “Aslida iymon shartlariga amalni kiritganlar uning ziyoda bo‘lishi haqidagi so‘zni ham aytmasliklari lozim bo‘ladi. Chunki, ular amallarni ham iymon deb sanaganlaridan so‘ng, unda hech kimning iymoni mukammal, to‘liq bo‘la olmaydi. Hamda ziyoda bo‘lib borishi ham bu hali mukammal, komil bo‘lmaganligini anglatadi va u nuqson chegarasida bo‘lib qolaveradi. Hamda bu qarshga ko‘ra biror ibodat yo‘qki, iymon bo‘lmasa.. (ya'ni, iymon sharti bo‘lmasa)”. Ya'ni olim iymon sohibi uchun agar uning iymoniga amal shart qilinsa unda me'yorini belgilashning imkoni yo‘qiligini aytmoqda.

Shu tarzda Qur'on va sunnaga ko‘ra iymon shartiga amalning kiritilishi imkoni yo‘qdir.

Yuqoridagi aqidaviy qarash, ya'ni iymonning sharti sifatida qalb bilan tasdiqlash, til bilan aytish hamda iymonning ziyoda va noqis bo‘lmasligi Abu Hanifa, Imom Moturidiy, Abu Lays Samarqandiy, Hakim Samarqandiy, Abu Ja'far Tahoviy, Abul Mu'in Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Abul Barakot Nasafiy, Alouddin Samarqandiy, Abul Yusr Pazvadiy kabi ko‘plab mashhur olimlar tomonidan dalillar bilan isbotlagan.

Zayniddin ESHONQULOV - O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 18/02/2020 16:15;   Ko‘rilganligi: 1182
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/moturidiylik-talimotida-iymon-masalasi-4-maqola
Chop etilgan vaqti: 15/10/2024 13:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing