O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

MOTURIDIYCHA YONDASHISH

 
 

وقال المحققون من أصحابنا رحمهم الله : «إن الإيمان هو التصديق بالقلب، لكن الإقرار شرط لإجراء الأحكام في الدنيا؛ حتى إن من صدق بقلبه ولم يقر بلسانه فهو مؤمن عند الله لوجود التصديق، غير مؤمن في أحكام الدنيا لعدم الإقرار باللسان.
كما أن المنافق لما وجد منه الإقرار دون التصديق فهو مؤمن في أحكام الدنيا لوجود شرطه وهو الإقرار باللسان، وكافر عند الله لعدم التصديق».

وهذا القول مروي عن أبي حنيفة رحمة الله عليه، نص عليه في كتاب العالم والتعلم، وهو اختيار الإمام أبي منصور، والحسين بن الفضل البجلي، وأصح الروايتين عن الأشعري.. أهـ.

 «الكفاية في الهداية» للإمام نور الدين الصابوني رضي الله عنه.

Mutahaqqiq as'hoblarimiz rohimahumulloh aytadilar: «Iymon - qalb bilan tasdiqlashdir. Biroq, iqror dunyoviy hukmlarni joriy bo‘lishi uchun shartdir. Hatto, kim qalbi bilan tasdiq qilib, tili bilan iqror bo‘lmasa, tasdiq qilgani bois Allohning nazdida mo‘min va til bilan iqror bo‘lmagani uchun dunyoviy hukmlarda mo‘min emas hisoblanadi. Shuningdek, munofiqda iqror topiladi-yu, tasdiq topilmaydi. U shart hisoblanmish iqror topilgani uchun dunyoviy hukmlarda mo‘min va tasdiq topilmagani uchun Allohning nazdida kofir hisoblanadi».

Ushbu kalom Imom Abu Hanifa rohimahullohdan rivoyat qilingan. «Olim va mata'allim» asarida bu borada xujjat kelgan. Shuningdek bu Imom Abu Mansur rohimahulloh va Husayn ibn Fazl al-Bijliy rohimahullohning ixtiyori va Imom Ash'ariy rohimahullohdan rivoyat qilingan ikki rivoyatdan sahihrog‘idir».

«Al-Kifoya fil Hidoya» kitobidan, Imom Nuriddin Sobuniy rohimahulloh

Xayrulla domla Sattarov viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari


Kiritilgan vaqti: 24/12/2021 08:37;   Ko‘rilganligi: 388
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/moturidiycha-yondashish
Chop etilgan vaqti: 13/05/2024 05:11
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing