O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Missionerlikning salbiy oqibatlari.

 
 

Missionerlik nima, uning asl mohiyati nimalardan iborat bo‘ladi?

Avvalo missionerlik tushunchasining lug‘aviy ma'nosini, istilohiy ma'nosini anglab yetmog‘imiz muhim. Missionerlik lotin tilidan olingan bo‘lib, “missio”- so‘zidan “yuborish”, “vazifa topshirish” ma'nolarini anglatadi. Missioner esa vazifa bajaruvchidir. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.

Turli lug‘atlar va manbalarda missionerlllikka ko‘plab ta'riflar berilgan. Ularning deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar airoflicha tavsiflangan. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan “World Book” (“Jahon kitobi”) ensiklopediyasida “Missionerlik biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”- degan fikr qayd etilgan.

Umuman olganda, turli lug‘atlar va manbalarda bayon etilgan ia'riflar bir-biriga juda yaqin va o‘xshash bo‘lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik - bir dinga e'tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ‘ib qilishni anglatadi.

Dastlabki missionerlik Rim qo‘shinlari bilan birga yurib, bosib olingan hududlar xalqlar orasida  xristianlikni targ‘ib qilgan kishilarning faoliyati zamonaviy missionerlikning ilk ko‘rinishlari edi, deyish mumkin. Yevropa qit'asida xristianlikni tarqalishiga katta hissa qo‘shgan eng mashhur missionerlar qatoriga 400-yillarda Irlandiyada xristianlikni targ‘ib qilib, ushbu dinning orolda tarqalishiga ulkan hissa qo‘shgan , avliyo maqomida e'tirof etiladigan Patrikni, shuningdek, Bonifatse, San Xose va Jan de-Brebef kabi ruhoniylarni kiritish mumkin.

Missionerlar faoliyati natijasida xristianlik 400-500-yillarda Afrikada mustahkam o‘rnashib oldi va o‘z davri uchun ancha qudratli bo‘lgan masihiy qirolliklar paydo bo‘ldi.

Rashid Ravshanov Nurobod tumani “Nurdum ota” jome' masjidi imom xatibi internet ma'lumotlari asosida tayyorlandi


Kiritilgan vaqti: 01/12/2021 07:54;   Ko‘rilganligi: 3292
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/missionerlikning-salbiy-oqibatlari
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 05:22
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing