O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

MISSIONERLAR TA'SIRIDAN OGOH BULING! (...davomi)

 
 

1 -misol. Ular musulmon kishiga o‘zlarini Xudoning yagonaligiga ishonadigan kishilar deb tanishtirishadi. «Sizlar kabi biz ham Allohni yagona deb ishonamiz. Boshqa xristianlar kabi «Xudo uchta» demaymiz, Iso Masihni Xudo deb aytmaymiz», deyishadi (Qarang: «Xudo bizdan nima talab qilyapti?», Germaniya, 4-5-betlar).
Soddaroq musulmon bu so‘zni eshitib, yana bir xristian musulmon bo‘libdi, shekilli, deb sevinib ketadi. Lekin aslida ularning musulmonlarga musulmondek ko‘rinib, uni o‘z diniga og‘dirishga urinishining birinchi qadamidir bu.

2-misol. Ularning adabiyotlaridan aynan iqtibos keltiramiz.
«Islom dunyosida Muqaddas Kitob Tavrot, Zabur va Injildan iborat bo‘lgan kitob sifatida tanilgan. Qur'onning kamida 64 oyatida bu kitoblar Xudoning kalomi deb nomlangan va ularni o‘qish hamda ularda keltirilgan amrlarga amal qilish ta'kidlangan...» («Iyehovaning shohidlari: kim ular?» (varaqa). Germaniya, 2003, 2-bet).
Islom dunyosi Tavrot, Zabur va Injilni tan olishi va ularga imon keltirishi bor gap. Lekin ushbu uchta kitobdan iborat bo‘lgan yaxlit bir «Muqaddas kitob» e'tiqodi Islomda yo‘q. Qur'oni karimda «Tavrot» so‘zi 18 marta, «Zabur» so‘zi 3 marta, «Injil» so‘zi 12 marta kelgan (Qarang: Muhammad Fuod Abdulboqiy. «Al-mu'jam al-mufahras lialfozil-Qur'an». («Tavrot», «Zabur», «Injil», «Kitob» so‘zlari) Bayrut, 1997). Bundan tashqari ko‘p oyatlarda umumiy «kitob» lafzi bilan kelgan. Lekin , ajablanarli joyi shundaki, Qur'oni karimda ushbu kitoblar «muqaddas kitob» degan sifat bilan biror marta ham zikr etilmagan.
Qur'oni karimda o‘tgan samoviy kitoblarni o‘qish va unga amal qilishga bo‘lgan buyruqlar musulmonlar uchun emas, balki o‘sha kitoblardagi ko‘rsatmalarga amal qilmasdan, u kitoblarda kelishi bashorat qilingan oxirgi payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)-ni qabul qilmagan «ahli kitoblar»ga qaratilgandir (Masalan, Moida surasi 43-45-oyatlarga qarang). (davomi bor...)

Najmiddinxon Hamzayev Urgut tumani "G‘o‘s" jomiy masjidi imom xatibi 


Kiritilgan vaqti: 02/06/2020 15:17;   Ko‘rilganligi: 1125
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/missionerlar-tasiridan-ogoh-buling-davomi
Chop etilgan vaqti: 21/05/2024 08:08
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing