O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Meni yig‘latgan  iboralar... Hech kim OTAga  o‘xshamaydi

 
 

Magistr  talabalariga bir savol  berildi. "Ota kim?" Javoblar  har xil; chiroylisi ham,  oddiysi ham bo‘ldi.

Lekin eng afzali bir  talabaning quyida keltirgan  javobi edi.

Ota...

Sen uni katta oyoq kiymini  kiyarding, oyoqlaring  jajjiligidan, qoqilib  ketarding..

Ko‘z oynagini taqib, o‘zingni  kattalardek his kilarding..

Kiyimini kiyib voqor  sezarding..

Mashinasini kalitini  berishini so‘rarding. O‘zingni  uni o‘rniga qo‘yib o‘zing  haydayotgandek xayol qilarding.  Arzimas narsa uchun ish vaqtida unga qo‘ng‘iroq qilarding. Senga  qalb to‘la quvonch bilan javob  berardi. Sen bilan ish vaqtida  gaplashgani uchun rahbaridan  gap eshitishini yoki hamkasbi  ishini tezroq bajarib  berishini kutib turganini yo  telefon orqali gaplashish unga  ortiqcha xarajat bo‘lib, yana  qiyinchilik keltirishi  bilmasding.

Yana xotirjamgina:

- Dada, kelishingizga menga  qulpnay sharbatini olib  keling, - derding.

- Jonim bilan bolam, onangni  qiynamagin -a? - deb javob  berardi. Uyga ish, havoning  issig‘ -u sovug‘i, zahmat bilan charchab sening "buyurtma"ngni  esidan chiqib qolsa, kelishi  bilan:

- Dada sharbat qani? - derding.  Tabassum qilib, charchog‘ini ham  unutib, sening «bema'ni»  talabingni joyiga keltirish  uchun chiqib ketardi.

Bugun esa....

Bugun sen ulg‘ayding.

Uning oyoq kiyimini kiymaysan. Zamondan ortda qolgan bo‘lgani  uchun..

Liboslari, narsalari,  o‘rtog‘laringga bir paytlar  maqtanganning moshinasidan  irganasan, mensimaysan. Chunki  endi seni u narsalar  qiziqtirmaydi. Otangni  qarashlari esa, senikiga mos  kelmay qoldi.

Og‘aynilaringdan o‘zingcha  xijolat qilib, ularning  oldida otangni qilgan  harakatlari seni achchig‘ingni  keltiradi, asablaringni  buzadi.

Kechiksang sendan xavotir olib  qo‘ng‘iroq qilsa, sening yuraging siqiladi, o‘z holingga  qo‘ymaganidan nafratlanib  ketasan. Agar ko‘ngli  xavotirdan joyiga tushmay  takror va takror qo‘ng‘iroq  qilsa, unga javob qilmay  qo‘yaqolasan.

Uyga kech qaytsang,  mas'uliyatsizliging uchun  koyiydi. Sen esa g‘azabdan  yonasan. U esa buni bilsa ham  oilaning boshi, har bir  boshliq o‘z qo‘l ostidanilardan  mas'ul ekanligi uchun  tarbiyalashdan to‘xtamaydi.

Unga ovozingni ko‘tarasan,  so‘zlaring bilan qalbini  ezasan, unga bergan  javoblaring,  baqirishlaringdan jim bo‘lib  qoladi. Qo‘rqqanligi uchun emas,  balki seni yaxshi ko‘rgani, senga  muruvvat qilganidan.

Kechagina, yoshlik chog‘ida seni  yelkasiga ko‘tarib, opichlab  yurardi.

Bugun esa, seni bo‘ying unikidan  baland, uni qo‘lidan ham  ushlashni xohlamaysan.

Kechagina gapirishni  bilmasding, chuchuk tiling bilan gapirishga qinalib xatolar  qilarding..

Bugun esa, hech kim senga «jim»  deya olmaydi.

Qanchalik malol keltirmasin, u  sening otang, unutdingmi yoki?

Bolaligingda seni  tentakliklaring, erkaliging,  jinniliklaringni  ko‘targanidek, sen ham uni  qarigan chog‘ida, bemorligida  keltiradigan mashaqqatlariga  mamnuniyatla bardosh ber. Unga  marhamatli bo‘l.

Sendan  boshqalar, otasi yo‘qlar  otasini yana bir bor ko‘rishni  orzu qiladilar.

Mendan: «Kimni yaxshi ko‘rasiz?» deb so‘rashdi. Aytdim: «Menga 9  oy intizor bo‘lgan, shodon kutib olgan, moli va joni (sog‘ligi)  evaziga meni tarbiyalagan,  «ODAM» bo‘lishim uchun kechani  kunduzga ulagan insonni»  dedim.

Otam men uchun toabad qalbimda eng yaxshi ko‘rganim bo‘lib  qoladilar.

Hammadan uzr surayman-u lekin, shuni bilaman, hech kim OTAga  o‘xshamaydi.

Ey Robbim, vafot etgan  otalarni kechir. Rahmating,  jannatingla qarshila.

Kimning otasi hayot bo‘lsa,  umrini toatingda uzaytir,  g‘amlarini ketkaz, o‘zi kutmagan  tarafidan rizqlantir, unga O‘z  rahmatingni yog‘dir,  gunohlarini kechir,  jannatingga kiradiganlardan  qil!

Jahongirxon Abrorov manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 10/08/2022 07:21;   Ko‘rilganligi: 416
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/meni-yiglatgan-iboralar-hech-kim-otaga-oxshamaydi
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 05:57
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing