O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Mehnat qilish - halol rizq garovi

 
 

Muhtaram prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda aholining munosib turmush kechirishi uchun kerakli shart-sharoitlar har bir fuqoroning ezgu intilishlarini, imkoniyatlarini ruyobga chiqarish uchun qulayliklar yaratish xalq farovonligini taminlashlik ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Ayniqsa yoshlarning turli soha va kasblarni egallashlari orzu umidlarini ro‘yobga chiqarishda bir necha yillardan buyon davlatimiz tizimli ravishda kengko‘lamli islohatlarni amalga oshirib kelmoqda. Ko‘plab kasb-hunar kollejlari turli-tuman o‘quv yurtlarining qurilishi, hunarmandchilik va kasanachilikka bo‘lgan e'tibor, kichik biznesni oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qabul qilinayotgan qarorlar berilayotgan imtiyozlar so‘zimizning yorqin dalilidir .

Musulmon kishi tirikchilik uchun bir kasb tanlashga, peshona teri bilan oila tebratishga targ‘ib qilingan. Xususan Naqshbandiya tariqatining asoschisi Muhammad Bahouddin hazratlari Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alyhi vasallamning: "..Kishining yegan taomlari ichida Allohga eng yaxshirog‘i qo‘l mehnati bilan topganidir", degan hadisi shariflarini o‘zining hayotlarida shior qilib, "Dil bayoru dast bakor" qoidasini hayotga tatbiq etdilar .

Albatta, Alloh taoloning fazli karamiga erishmoqchi bo‘lgan inson mehnat qilishi, xalol kasb-hunar bilan mashg‘ul bo‘lishi lozim. Bu esa unga najot va baxt keltiradi. Zero, Payg‘ambar alayhissalom hadislaridan birida aytadilar: “Alloh taolo hunarmand bandani yaxshi kuradi”. Bu esa unga najot va baxt keltiradi. Rasululloh (sav.)ning quydagi talimlari bilan tanishib kerakli xulosa chiqaraylik.

Rasululloh sollallohu alyhi vasallamning xuzurlariga bir kishi tilanchilik qilib keldi. Rasululloh sollallohu alyhi vasallam undan so‘radilar: “Uyingda biror narsang bormi. U: “ha bor”,  deb  javob berdi. Bazisini ostimizga solib bazisini kechasi ustimizga yopadigan bisot va suv ichadigan bir idishimiz bor. Rasulullox sollallohu alyhi vasallam ikkovini keltir dedilar. U kishi aytgan narsasini olib keldi. Rasululloh sollallohu alyhi vasallam u olib kelgan narsalarini qo‘llariga oldilar va aytdilar: “Bularni kim sotib oladi.  Sahobalardan biri men ularni bir dirhamga olaman dedi. Rasululloh sollallohu alyhi vasallam bir necha bor kim buning ustiga ziyoda qiladi, dedilar. Boshqa bir sahoba men ularni ikki derhamga olaman, dedi.  Rasululloh sollallohu alyhi vasallam ikki narsani sahobaga berdilar va undan ikki derxamni berib bir dirxamiga oilangga ozuka ol bir dirxamiga bolta olib kel dedilar. U shunday qildi. Rosululloh sollallohu alyhi vasallam boltasiga dasta kilib berib bor o‘tin qilib sotib mehnat qil dedilar. Bir necha kundan keyin xursand holda kelgan saxobaga meh nat bilan topilgan molda baraka borligini aytdilar. Azizlar, mehnat undan kelgani rohat bo‘ladi shuning uchun har birimiz mehnat qilaylik.

Ro‘ziyev Saydullo
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar “Qoriravot” jome masjidi imom xatibi


Kiritilgan vaqti: 13/11/2023 15:12;   Ko‘rilganligi: 187
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/mehnat-qilish-halol-rizq-garovi
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 16:23
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing