O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Mazhabsizlik Islom dinidagi eng xatarli bid'atdir

 
 

Insonlarga to‘g‘ri yo‘lni aniq qilib ko‘rsatib bergan Alloh taologa hamdu sanolar bo‘lsin. “Kimga Alloh yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi” degan Payg‘ambarimiz Sallallohu alayhi vasallamga durud va salovatlar bo‘lsin.

Mazhab so‘zi aslida arabcha “Zahaba” fe'li so‘zidan olingan bo‘lib yo‘l, yo‘nalish degan ma'noni bildiradi. Istilohda esa ahli sunnati val jamoaning to‘rt imomlarining fiqhiy mazhablari tushuniladi.

Fiqhiy mazhablar 4 ga, aqidaviy mazhablar 2 ga bo‘linadi. Bunda Abu Mansur Moturidiyning “Moturudiya” va Abul Hasan Ash'ariyning “Ash'ariya” mazhabi kiradi.

Ba'zi insonlar o‘rtasida fiqhiy mazhablarni inkor qilib, mazhabsizlikka chaqiruvchilar ham uchrab turadi. Bunday kishilar, asosan, fiqhdan bexabar, ilm ostonasiga endigina qadam qo‘ygan yoki haqiqiy ilmdan bebahra qolgan odamlar bo‘ladi.Ular mazhabga  ergashishni ayb va nuqson deb bilib, fiqhiy mazhabboshilarga til tekkizishgacha yetib boradilar. Suriyalik mashhur olim Muhammad Sa'iyd Ramazon Butiy mazhabsizlikka chaqiruvchilarni. Islomdagi eng xatarli bid'at, deb biladilar. U kishi mazhabsizlikni dinsizlikka olib boruvchi qo‘prik deb ataydilar.

Ulamolarimiz, fiqhiy mazhablar imomlari va ularning ishlarini quyidagi misol bilan tushuntiradilar:

Bu dunyodan yaxshi yashab, o‘tish xuddi tog‘ning cho‘qqisiga eson-omon chiqishga o‘xshaydi. Quron va Sunnat o‘sha chuqqiga chiqishni ko‘rsatadigan xarita va qo‘llanma. Mazhab imomlari esa, ushbulardan foydalanib cho‘qqiga chiqishning eng oson va bexatar yo‘lini topib, belgi quyib ketgan kishilar. Mazhabni inkor qiluvchilar tog‘ning tagiga kelib qullanmani olib, o‘ziga yangi yo‘l topib, cho‘qqiga chiqishga harakat qilayotgan odamga o‘xshaydi. Buning uchun kamida mazhabboshining ilmi bilan uning ilmi teng bo‘lishi kerak.

Alloh taolo Qur'oni karimda shunday deydi: «Albatta» mana shu (Mening) To‘g‘ri yo‘limdir. Unga ergashingiz! (Boshqa turli) yo‘llarga ergashmangiz! Aks holda, ular sizlarni uning yo‘lidan ayirib qo‘yadi. Taqvoli bo‘lishingiz uchun (Allohning) qilgan hukmlari mana shulardir.

Mazhablarning to‘tgan yo‘lllariga esa oyatdagi  ,,manashu mening to‘g‘ri yo‘limdir,, degan joyi to‘g‘ri keladi.

Dindan faqat o‘zinig dunyoviy maqsadlari uchun foydalanishni istagan yoki Quron oyatlari va sunnatga qo‘r-ko‘rona amal qilib ulardan ko‘zlangan haqiqiy ma'noni boshqa tarafga bo‘rib, Islom ulamolarining yo‘lini tark etgan kishi betahqiq o‘ziga o‘zi zulm qilgan kishidir.

Alloh taolo Qur'oni karimda: “Albatta, Alloh odamlarga biror narsada zulm (nohaqlik) qilmaydi. Lekin odamlar o‘zlariga zulm qiladilar, deb marhamat etgan. Bizning yurtimizda Imomi A'zam, ya'ni Hanafiy mazhabi keng tarqalgan. Shuning uchun har bir inson ushbu mazhabga amal qilib ibodatlarini bajarsa to‘g‘ri yo‘ldan adashmaydi. Alloh taolo barchalarimizni mazhabga amal qiladigan mo‘min bandalardan qilsin.

Zafar Yahyoev Urgut tuman “Mirzo Ulug‘bek” jomi masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 02/11/2023 11:56;   Ko‘rilganligi: 155
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/mazhabsizlik-islom-dinidagi-eng-xatarli-bidatdir
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 09:14
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing