O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Mazhabsizlik eng xatarli bid'atdir

 
 

Bemazhablar “Payg‘ambarimiz alayhissalomning davrlarida mazhablar bo‘lmagan. Shu bois biror mazhabga ergashish bid'atdir” deb, bugun ilmsiz yoshlarni o‘z domlariga tortmoqdalar.
Ular Qur'oni karim va hadisi shariflarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ergashiladi deb, mazhab imomlarini sahih hadisga rioya qilmasdan, o‘z ijtihodlarini hadisdan ustun qo‘yadilar, deyishmoqda. Aslida, mazkur da'volar johillikdan boshqa narsa emas. Ularning “mazhab”, “mujtahid”, “muqallid” so‘zlarini tushunmasliklari oqibatida johil bo‘lib qolganlar.

Payg‘ambarimiz alayhissalom sahobai kiromlarga fiqhiy masalalarni o‘zlari ta'lim berganlar. U zot Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuni Yamanga jo‘natayotganlarida: “Ey Muoz, agar biror hukm chiqarishingga to‘g‘ri kelib qolsa, nima qilasan?” dedilar. U: – Allohning Kitobi bilan hukm qilaman, – dedilar. U zot: – Agar Allohning Kitobidan topa olmasang-chi? – dedilar. Muoz roziyallohu anhu: – Rasulining sunnati bilan hukm qilaman”, – dedi. Nabiy alayhissalom: – Agar Rasulining sunnatidan topolmasang-chi? – dedilar. Muoz:– O‘z ra'yim bilan ijtihod qilaman, hech bo‘shashmayman, – dedilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Muozning ko‘ksiga qoqib: “Rasulullohning elchisini Rasulullohni rozi qiladigan narsaga yo‘llab qo‘ygan Allohga hamdlar bo‘lsin”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
Sahobalar, avvalo, Qur'oni karim oyatlari va hadisi shariflardan yechim qidirar, bordiyu topa olmasalar, qiyosan hukm qilar edilar.
Ko‘plab ulamolar to‘rt mazhabdan biriga ergashganlar. Mazhabsizlik mujtahid bo‘lmagan kishilarni biror bir amalni bajarishlikda nima qilarini bilmay qolishigacha olib boradi.. Shu bois Muhammad Said Ramazon Butiy rahimahulloh: “Mazhabsizlik eng xatarli bid'atdir”, degan.
Imom Nafroviy rahimahulloh aytadi: “To‘rt imomdan biriga ergashmoq vojib ekaniga musulmonlar ittifoq qilishgan”.
Demak, mujtahid bo‘lmagan kishi o‘zi Qur'on va sunnatdan dalil chiqarib olish imkoniga ega emas ekan, tinchgina biror mazhabga ergashmog‘i yaxshi va to‘g‘ri yo‘ldir.
Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda sobit qilib, turli ixtiloflardan yiroq aylasin!

Jahongirxon Abrorov manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 08/11/2021 13:17;   Ko‘rilganligi: 630
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/mazhabsizlik-eng-xatarli-bidatdir
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 06:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing