O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Mamlakatimizda davlat va din munosabatlari

 
 

O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk yillaridan diniy sohaga o‘zbek xalqining milliy ma'naviyatining ajralmas qismi sifatida alohida e'tibor qaratildi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari quyidagi tamoyillar asosida olib borilmokda:

dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;

diniy e'tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham hukuqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta'qib qilishga yӱl qo‘ymaslik;

ma'naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yӱllarini izlash zarurati;

dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yӱl ko‘ymaslikni e'tirof etish.

Mustaqillik yillarida dinning huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatida tutadigan o‘rni va mavqei aniq belgilanib, bu sohada mustahkam qonunchilik poydevori yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida "diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar",degan demokratik tamoyil mustahkamlab qo‘yilgan. Fuqarolar millati, irqi va dinidan kat'i nazar, teng huquqli ekanligi belgilanib, ularning vijdon erkinligi, urf-odatlari, milliy an'analari hurmat qilinishi kafolatlangan. Ushbu konstitusiyaviy qoida 1998 yil 1 may kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tӱg‘risida” gi qonunning 5-moddasida ham o‘z ifodasini topgan. Qonunda tarixiy, madaniy, ijtimoiy omillarni hisobga olingan holda davlat va diniy tashkilotlar orasidagi munosabatlar belgilangan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy e'tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat turli dinlarga e'tiqod qiluvchi va ularga e'tiqod qilmaydigan fuqarolar, har xil e'tiqodlarga mansub diniy , tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi va eksteremizm asosida diniy munosabatlarni keskinlashtirilishiga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Muayyan dinga e'tiqod qiluvchilarni boshqasiga kiritishga qaratilgan prozelitizm va missionerlik faoliyati qonunan man etiladi.

Z.Eshonqulov- O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 07/02/2020 16:28;   Ko‘rilganligi: 3736
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/mamlakatimizda-davlat-va-din-munosabatlari
Chop etilgan vaqti: 04/05/2024 19:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing