Mahzun bo‘lmang
Hayot o‘zi shunday, qiyinchiliklar, sinov, imtihonlardan iboratdir. Zotan inson mehnat va mashaqqat ichra yaratilgan. Alloh subhanahu va taolo; ”Darhaqiqatan insonni ( din va dunyo ishlarida mehnat va) mashaqqatda ( bo‘lish uchun) yaratdik. (balad. 4). Kimdir boy-badavlatu ammo salomatligidan shikoyat kiladi. Boshqasi esa sog‘-salomat, ammo faqir, vaqti kelsa yeyishga non topolmaydi.
Yoshlarning vaqti suv kabi oqayapti-yu, qariyalar esa, muddat tugayotganidan g‘amda. Lekin hayot shu ekanda deb mahzun bo‘lishga shoshilmang. Chunki sinovlar doimiyligi kabi yengilliklar ham davomlidir. Alloh subhanahu va taola. “Bas albatta har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir. “Albatta har bir qiyinchilik bilan birga yengillik bordir”, deb ikki bor takror bandasini yengilliklar bilan mukofatlamoqda. Asosiysi, mashaqqatlar bizni asl maqsaddan chalg‘itib qo‘ymasin. Bu dunyo hayotidagi arzimas qiyinchiliklarga sabr qilaolsak, u dunyo hayotida ya'ni jannatda bitmas tuganmas roxat farog‘atga musharraf bo‘lamiz in shaa Alloh. Har kanday holatda ham Alloh yordamchimiz ekanini unutmaylik. U zot bizlarga: “Sabr va nomoz ila yordam so‘rang, deb amr qilgan. Shunday bo‘lgach, muammolar va qalbingizni bosib yotgan g‘amlarni bartaraf etishini Allohdan so‘rang. Alloh subhanahu va taolo: “Menga duo qiluvchining duosini ijobat qilurman”, deb marhamat qilgan. Tafakkur qilsak, inson sifatida yaratilib, hayotimiz islom va iymon ila ziynatlanganini o‘zi, umr bo‘yi shukr kilib yashashimizga dalolat qiladi. Alloh subhanahu va taolo o‘zi bu ne'matlardan ayirmasa bas, qolgan muammolar qadim dunyoning muammolari xolos. Shunday bo‘lgach, xotirjam bo‘lib, belni mahkam bog‘lab, vaqtni o‘tkazmay, o‘zimizga buyurilgan bandalik vazifalarimizni chin dildan bajarishga intilaveraylik. Shunday yashay olsak, in shaa Alloh, bizga ikki dunyo yaxshiliklari nasib etgay.
"Eshon bobo" jome masjidi imomi xatibi A. Egamberdiyev
Kiritilgan vaqti: 17/08/2020 12:37; Ko‘rilganligi: 1672
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 00:52