O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Koronavirusga chalinib, undan tuzalgan kishining maslahatlari

 
 

«Kimlargadir kerak bo‘lib qolar, degan o‘yda kasallik tariximni yozib qo‘yyapman. Alloh hamma bemorlarga shifo bersin.

KASALLIK TARIXI VA DAVO USULLARI

• 2020 yil 23 martdan 2020 yil 6 aprelga qadar, 14 kun mobaynida isitmam tushmadi. Qattiq sovqotdim, titradim, biroz boshim og‘ridi, nafas olishim qiyinlashdi.

• Isitmaning o‘n birinchi kuni, 2020 yilning 3 aprelida doktor kelib, «Katta ehtimol bilan koronavirus bo‘lishi mumkin», dedi. Shifoxonaga borishga rozi bo‘lmadim. Ular ham majbur qilmadilar.

• Tahorat olishim va namoz o‘qishim biroz og‘ir bo‘lsa-da, davom etib turdi va bu juda katta ma'naviy quvvat bo‘ldi.

• 2020 yil 6 aprel, dushanba kunidan bugunga qadar isitmam chiqmadi. Faqat quvvat yo‘q, xolos.

• 2020 yil 7 aprel, seshanba kuni mashinada biroz yurib ko‘rdim. Xato qilgan ekanman. Darrov to‘xtatdim.

• Chorshanba va payshanba kunlari taxminan 300 metrdan piyoda yurdim. Qattiq charchadim.

• Kecha juma kuni taxminan 2 km yurdim. To‘rtga bo‘lib. 500 metrdan. Har yurganimda qattiq charchadim va qotib uxladim.

• Bugun birdaniga 2 km yurib keldim. Qattiq charchadim va qotib uxladim. Isitmam chiqmadi.

ODAMLARNING KO‘RSATMALARI, MASLAHATLARI BILAN QUYIDAGI DAVOLARNI QO‘LLADIM:

1. Zanjabilni asalga aralashtirib qo‘yib, tinimsiz choy qilib ichdim. Hozirgacha ichyapman.

2. Xushxo‘r bo‘lishi uchun qizil malinadan ham aralashtirib turdim.

3. Oyog‘imning ostiga piyoz bosib yurdim, uxladim.

4. Paratsetamol ichib turdim. Isitmam tushganidan keyin to‘xtatdim.

5. Oyog‘imni bir necha marta issiq suvga solib o‘tirdim.

6. Yaxshi ovqatlandim. Ko‘proq sho‘rva va mastava. Parhezni to‘xtatdim. Semirib ketib qolishdan ko‘ra tuzalmay qolishdan ko‘proq qo‘rqdim.

7. Olma sirkasini suvga aralashtirib badanimga surtdim. Spirt bilan ham shunday qildim.

8. Sedana yog‘ini ichdim. Sedanani asalga aralashtirib yedim.

9. Asal va limonli choy ichdim. Ko‘p ichdim.

10. Qaynagan suvning o‘zini ham ko‘p ichdim.

11. Isitma biroz tushganidan keyin malham surib massaj oldim.

12. Ko‘p Qur'on eshitdim. Atrofimdagilar Qur'on o‘qib dam soldilar.

13. Xonani tez-tez shamollatib, havosini almashtirib turdilar.

2020 yil 11 aprel kuni yozilgan

Manba: Muslim.uz


Kiritilgan vaqti: 14/07/2020 15:52;   Ko‘rilganligi: 1155
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/koronavirusga-chalinib-undan-tuzalgan-kishining-maslahatlari
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing