O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Komillikning qirq qoidasi

 
 

Ta'riximizga nazar solsak, odamzod baxtli va farovon hayoti, erkin va ozod yashashi,chinakam musulmondek umr kechirishi yo‘lida qanday og‘ir va mashaqqatli sinovlarni boshdan kechirganiga guvoh bo‘lamiz. Har safar chinakam bardosh kuchli iymon va e'tiqod va sog‘lom tafakkur bilan insoniyat o‘z boshiga tushgan turli qiyinchiliklarni yengib o‘tib ertangi kun uchun xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Biz dini pokimizga xizmat qilayotgan imom domlalar yosh avlodni dunyoda fisqu fasod, fitna oloviga o‘tin bo‘lib, oxiratda jahannam oloviga tushishlaridan ogohlantirishimiz, internet olamidan oqilona foyidalanish, ota onaga hurmat va ehtirom, kattalarimizga hurmatda kichiklarimizga izzatda bo‘lishlik, sabr matonat, ibo, iffat-sharm hayo, or nomus kabi ne'malardan xabardor qilishimiz lozim.Ajdodlarimiz,milliy odob va madaniyat, ma'rifat kabi fazilatlarni avaylab-asraganlar. Yoshlarimizni bizham komillikga to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalashda  iymonli diyonatli, vatanimizga mehr sadoqatli qilib tarbiyalashimiz muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun diniy tarbiya juda nozik hisoblanib, u to‘g‘ri yo‘naltirilsagina, dini pokimiz va davlatimizga manfaat keltirib, kamolga yetadi.

Umar ibn Zar aytadilar: “Agar kunduzi yursam, o‘g‘lim odob yuzasidan ortimda kelar, kechasi esa menga biron ozor yetishidan qo‘rqib oldimda borar, mendan yuqori bo‘lmaslik uchun hatto men turgan uy tomiga ham chiqmas edi”. Ota-Onaning farzand zimmasidagi haqlari o‘ta muhim, shuning uchun har bir farzand doimo ota onaning hizmatiga bo‘lib duolariga musharaf bo‘lmog‘i lozim.

Albatta inson komillikga erishishi yaratganning xohish irodasi bilan birgalikda Ota-onaning farzand ta'lim tarbiyasiga hamda atrof muhitning, oilaning sog‘lom muhitiga ham bog‘lik jarayondir.

Yaratganning taqdirini biz bandalar tabdil qila olmaymiz, ammo lekin Ota-onaning poklikka intilishi, luqmasining halloligi va Alloh ta'ologa bӯlgan ixlosu tavajjӯhi, shariati mubinimiz taqozo etgan kӯrsatmalarga mukammal rioya qilishga, kelajak avlodning ya'ni farzandlarning komillikga erishish uchun asosiy vosita ekanligini anglash va bu borada ӯzlari doimo ӯrnak bo‘lishi lozim deb ӯylaymiz

Avvalo tarbiyaga o‘zi amal qilgan murrabiy haqiqiy musulmondir.Ushbu fazilatlarni yosh avlod qalbi va shuuriga chuqur singdirish barobarida ularni har xil zaharlovchi unsurlar yomonligidan asrashda sustkashlikga aslo yo‘l qo‘ymasligimiz darkor. Demak bugungi kunda eng muhim vazifalarimiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni diniy milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularning qalblariga o‘z xalqiga, vataniga mehr sadoqat tuyg‘usini kuchaytirish, ularni har-xil buzg‘unchi g‘oyalardan ogoh etish lozim. Dinimiz Qur'oni Karimda “...Allohning rizqidan yeb-ichingiz, yer yuzida buzg‘unchilik qilmangiz!”, deyiladi. (Baqara 60 oyati)

Mo‘min musulmon kishi qayerdan qanday ma'lumotlarni olmasin albatta tekshirib ko‘rishi ahli ilmlar bilan maslahatlashishi, ularga ko‘r-ko‘rona ergashmasligi kerak Alloh ta'olo Isro surasining 36 oyatida xitob qiladi:

“...Ey inson o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko‘z dilning har biri to‘g‘risida har bir inson mas'uldir, javob berur”

Lutfullo domla Ibodullayev Samarqand tumnining Ravonak “Yangi masjid” jomye masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 14/08/2023 11:36;   Ko‘rilganligi: 152
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/komillikning-qirq-qoidasi
Chop etilgan vaqti: 03/05/2024 08:12
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing