O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

“Kitob as-savod al-a'zam” katta jamoa – ahli sunna val jamoa e'tiqodiga oid kitob bo‘lib, mashhur olim Hakim Samarqandiy tomonidan yozilgan.

 
 

“Kitob as-savod al-a'zam” katta jamoa – ahli sunna val jamoa e'tiqodiga oid kitob bo‘lib, mashhur olim Hakim Samarqandiy tomonidan yozilgan.

Asar arab tilida yozilgan bo‘lib, unda ahli sunna val jamoa e'tiqodiga doir oltmishdan ziyod aqidaviy masalalar bayon etilgan.

Ushbu masalalar ahli sunnaning belgisi ekani, ularga ishonmaganlar esa ahli sunnadan emasligi ta'kidlangan.

Katta jamoa – ahli sunnaning belgisi quyidagilardan iborat:

(والخامسة والثلاثون) أن يعتقد أن الله تعالى عالم وقادر وله علم وقدرة
O‘ttiz beshinchi: Alloh Olim va Qodir Zotdir hamda haqiqiy ilm va qudrat faqat Unga xosdir.

Mo‘min kishi Alloh taoloni Olim va Qodir Zot, Uning ilm va qudrat sifatlari bor deb e'tiqod qilishi lozim.

Bilingki, haqiqiy olim deb ilmi bor bo‘lgan zotga aytiladi. Ilmi yo‘q bo‘lgan zotni esa majoziy ma'noda, laqab sifatida yoki yolg‘ondan olim deyish mumkin. Haqiqiy olim va qodir bo‘lgan zot – bu qudrati bo‘lgan zotdir. Kimning qudrati bo‘lmasa, uni majoziy ma'noda, laqab jihatidan yoki yolg‘ondan olib deb aytiladi.

Haqiqiy Olim va Qodir bo‘lgan Zot Alloh taolodir. Alloh taologa nisbatan majoziy ma'noda, laqab jihatidan yoki yolg‘ondan olim nomi ishlatilmaydi. Chunki bunday deyish kufr bo‘lib qoladi.

Bilingki, Alloh taolo haqiqiy Olim va Qodir Zot bo‘lib, Uning ilm va qudrat sifatlari mavjud. Bunga quyidagi oyati karimalar dalil bo‘ladi:
“(Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istagan miqdorda o‘zlashtirurlar” (“Baqara” surasi, 255-oyat);

“Har bir ayolning homilador bo‘lishi va ko‘zi yorishi faqat Uning ilmi bilan bo‘lur” (“Fotir” surasi, 11-oyat).

Ushbu mavzu borasida bundan boshqa fikrlarni aytgan kishi bid'atchi bo‘ladi.
Yuqoridagi dalillar oqil inson uchun kifoya qiladi.

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 11/10/2021 10:14;   Ko‘rilganligi: 557
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/kitob-as-savod-al-azam-katta-jamoa-ahli-sunna-val-jamoa-etiqodiga-oid-kitob-bolib-mashhur-olim-hakim-samarqandiy-tomonidan-yozilgan
Chop etilgan vaqti: 29/04/2024 11:15
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing