O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Kim rizqi keng, umri uzun bo‘lishini xush ko‘rsa, qarindoshlik aloqalarini bog‘lasin!

 
 

Islom dinimiz ota-ona va qarindosh-urug‘larga yaxshilik qilish, ular bilan o‘zaro aloqalarni mustaxkamlashni targ‘ib qiladi. Bu aloqalarni uzish esa katta gunoh sanalgan.

Xalqimiz orasida “silai rahm” iborasi keng ishlatiladi. Yani “Sila” so‘zi lug‘atda “bog‘lash”, “ulash”, “Rahm” so‘zi esa “bachadon”, “qorin” ma'nolarini anglatadi. Shariatimizda “silai rahm” deb qarindoshlarga bog‘lanish, ularga rahm shafqat, yaxshilik qilish, muhtojlarga yordam berish, bir so‘z bilan aytganda, qarindosh-urug‘chilik vazifalarini ado etishga aytiladi. Ayniqsa qarindosh-urug‘lar bir-biriga yelkadosh bo‘lib, qiyinchilik va xursandchiligida sherik bo‘ladi.

Lekin arzimagan nizolar sabab bilan aka-uka, opa-singil, tog‘a-jiyan, amma-xola va boshqalar bir-biri bilan aloqalarini uzib yuz ko‘rmas bo‘lib ketish holatlari tez-tez uchrab turibdi.

Alloh taolo marhamat qiladi: Agar (imondan) yuz o‘girsangizlar sizlar yer yuzida buzg‘inchilik qilursizlar va qarindosh urug‘ingiz (bilan ham aloqangiz)ni uzursizlar, unday kimsalarni esa Alloh la'natlagandir, bas ularni (quloqlarini pand nasihat eshtishdan) kar, ko‘zlarini esa (to‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmaydigan), ko‘r qilib qo‘ygandir. (Muhammad surasi 22-23 oyat).

Rasulloh sallalohu alayhi va salam shunday dedilar: “Kim rizqining keng bo‘lishidan, orqasidan asari ko‘p qolishidan xursand bo‘lsa, silai rahm qilsin” deganlar.

Payg‘ambarimiz alayhissalam aytganlar: “Qarindoshlik rishtasini uzgan odam jannatga kirmaydi”, deganlar. Yana boshqa hadislarda: “Salom bilan bo‘lsa ham, qarindoshlik rishtasini bog‘laganlar”, deyilgan.

Yana bir rivoyatda shunday deyiladi: “kim Allohdan qo‘rqsa, silai rahm qilgan bo‘lsa, uning umriga umr qo‘shiladi, moli ko‘payadi, ahli uni yaxshi ko‘radi”.

Silai rahm qilish vojib amallardan biri ekanligi va uni uzish gunoh ekanligini bilish zarurdir.

Shuningdek, haqiqiy silai rahm qiluvchi kishi qarindoshlari tarafidan unga qilingan aloqaga javob sifatida munosabatda bo‘layotgan emas, balki ular tarafidan aloqa uzilgan paytda ham silai rahm qilgan odamdir.

Silai rahm deganda, kishilarga yaqindan yordam berish, qiynalgan insonlarga moddiy va ma'naviy ko‘maklashish ham inson umrini uzaytiradi. Chunki ularning duosi silai rahm qilgan kishilarning umrini uzaytirib, rizqini ko‘paytiradi.

Yana silai rahm rizqning ziyoda va umrning uzun bo‘lishini rivoyatlarda keng tushintirilgan.

Silai rahm insonlar uchun muhim amallardan bo‘lib, jamiyatni mustahkamlovchi omillardan biridir. Shuning uchun, o‘zimiz va boshqalarni ikki dunyo saodatiga eltuvchi silai rahmga beparvo bo‘lmaylik.

Shunday ekan doimi xalqga va elimizga silai rahm qilib, ularning duosini olib, uzoq umr ko‘raylik.

S.Shodiyev Urgut tumani “Xo‘ja Ubaydullo” jome masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 22/08/2023 16:07;   Ko‘rilganligi: 225
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/kim-rizqi-keng-umri-uzun-bolishini-xush-korsa-qarindoshlik-aloqalarini-boglasin
Chop etilgan vaqti: 17/05/2024 13:00
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing