O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Kim Allohga tavakkul qilsa, Allohning O‘zi unga yetarlidir

 
 

Allohu taolo hazratlari Qur'oni Karimda, payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Hadisi shariflarda bildirgan va bizning ibodatlarimizda uchraydigan bir guruh muborak kalimalar bordir. Bu kalimalar ham Allohga e'tiqod masalasida nihoyatda chuqur ma'nolarga ega.

Masalan:

لا اله الا الله

«Laa ilaha illalloh». Bu kalimani namozda, ibodatlarimizda turli sifatlar bilan aytamiz. Va buni aytishda ko‘p savob borligi bizga bildiriladi.

سبحان الله

«Subhanalloh», Allohu taolo har turli nuqsondan pokdir. Har turli kamolotga sohibdir. Unga maftunman. Uni turli nuqsonlardan pok, xoli ko‘raman, degani bo‘ladi. Bular, musulmonlar eng ko‘p takrorlaydigan kalimalardir.

الحمد الله

«Alhamdu lillah», hamdning, butun maqtovlarning Allohga xosligini, butun go‘zalliklarning, shukur etiladigan narsalarning Alloh tomonidan yaratilganligini ifoda etadi.

الله اکبر

«Allohu akbar», Allohu taoloning har qanday borliqdan yuqori ekanligini, hech bir narsa bilan muqoyasa qilib bo‘lmas darajada ulug‘ligini ko‘rsatadi.

و لا حول و لا قوة الا بالله

«Va laa havla va laa quvvata illa billah», kuch va quvvatning faqat Allohdan ekanligini ko‘rsatadi. Olimlar buni «Tavhidi sofiy» deganlar... «Laa ilaha illalloh» – «Alloh yagonadir» degani. Ammo «Laa havla va laa quvvata illa billah», – ishning sirridir. Kuch-quvvat – Allohdandir.

حسبی الله

«Hasbiyalloh», har qanday kuchga qarshi Alloh kifoya ekanligining ifodasi.

 

توکلت علی الله

«Tavakkaltu a'lallohi», inson Allohga tavakkul qilsa, Alloh unga yordam etajagining ifodasi.

 

...وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ... (سورة الطلاق: 3)

«Va man yatavakkal a'lallohi fahu hasbuh» /»At-taloq» 3./» – Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, Allohning O‘zi unga yetarlidir.

Bu kalimlar mo‘minning amaliy hayotiga shu qadar singib, qorishib ketganki, musulmon bu ishonchlar bilan Allohu taolo hazratlari haqida juda baquvvat, o‘ngu chapga og‘ib ketmaydigan go‘zal bir e'tiqodga ega bo‘ladi. Qur'oni Karimning mana shunday ta'limi bilan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflari, ko‘rsatgan hayot tarzi va ibodatlari bilan musulmon Alloh nazdida shunday bir adabga ega bo‘ladi.

 

"Islom va axloq" kitobidan olindi


Kiritilgan vaqti: 31/03/2021 15:14;   Ko‘rilganligi: 1493
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/kim-allohga-tavakkul-qilsa-allohning-ozi-unga-etarlidir
Chop etilgan vaqti: 20/04/2024 09:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing